11:38 / 23.06.2017
10 863

Boqiy dunyo jannatini ko‘rgan qariya

Boqiy dunyo jannatini ko‘rgan qariya
Aytishlaricha, bog‘dodlik oltmish yoshli Rahmon-Najotiy ismli otaxon kechqurun o‘lib, ertalabiga tirilgan. U jannatda bo‘lib qaytganini hamma yaqinlariga gapirib bergan ekan…
Ha, kechki ovqat qilishga ulgurmay, qariya bu dunyoni tark etdi. Hamma yig‘i-sig‘i bilan uning tanasini yuvib, ertalabki janozaga tayyorlab qo‘ydi…

Mana, tong ham otdi. Barcha yig‘ilib, domlaning janoza o‘qishini kuta boshladi. Buni qarangki, domla “Faqat Olloh abadiydir” deya janozani boshlashi bilan tobutda yotgan marhum to‘satdan aksa urib yuboradi. Va o‘zi o‘rnidan turdi.
Qarindosh-urug‘lar o‘zlarini bosib olishgach, qariya jannatda bo‘lib qaytganini ularga gapirib berdi.

— Mening ruhimni, — dedi u. — Uchta farishta kulib qarshi oldi va qandaydir ko‘prik yonidagi ajoyib, go‘zal maskanga olib bordi. Ha, adashmasam, ko‘prik xuddi ip kabi ingichka edi. Qil ko‘prik deganlari shu bo‘lsa kerak. So‘ngra shu ko‘prikdan o‘tishimni buyurishdi. Atrof haqiqatan go‘zal edi. Men ko‘prikdan o‘tib ko‘rsatilgan darvozalardan biriga yaqinlashdim. Darvoza ochildi. Bu yo‘l marhuma xotinim

Guriyaning yoniga olib borar ekan…
Shu qadar xursand bo‘ldimki…
Guriya menga kumush idishda suv berdi. Xursandligimdan uni bag‘rimga olmoqchi bo‘lgandim, shu zahoti ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qaytib ko‘rmadim…
Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmayman. Meni olib kelgan uch farishta yana yonimda paydo bo‘ldi.

— Kechirasiz, biz qidirgan odam siz emas ekansiz. — deyishdi ular baravariga…
Ana shu gapni gapirib bo‘lishlari hamono men ko‘zlarimni ochdim va siz azizlarimni ko‘rish baxtiga yana muyassar bo‘ldim…
Shuning bilan janoza to‘xtatilib hamma uy-uyiga tarqaldi…

Biroq ertasi kuni ertalab qo‘shnilar Rahmon cholning rosmanasiga olamdan o‘tgani haqida xabar topishdi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boqiy dunyo jannatini ko‘rgan qariya