22:54 / 27.06.2017
6 330

Juftingizning tuyg‘ulari naqadar jiddiy?

Juftingizning tuyg‘ulari naqadar jiddiy?
Biz ayollarga muhabbatning o‘zi kifoya emas, isboti ham kerak. Har kuni sevishini isbotlasin, namoyon etsin deymiz. Lekin gullar, shirinliklar, chiroyli so‘zlaru va’dalar har doim ham jiddiy tuyg‘ularning isboti bo‘la olmasligini-da bilamiz. Xo‘sh, yorimiz bizni chindan sevadimi? Qanchalik sevadi? Buni bilish uchun quyidagi savollarga javob berib, natijalarni hisoblang.

1. Yoringiz sizga e’tiborini qanday namoyon qiladi?
a) qimmatbaho sovg‘alar beradi (3)
b) tez-tez restoranlarga taklif qiladi (2)
v) gullar sovg‘a qiladi (5)
g) mening hamma harajatlarimni ko‘taradi (1)

2. U biron joyga birga borishni taklif qildi. Siz esa kayfiyatingiz yo‘qligini aytib rad etdingiz. Shunda u...
a) qimmatbaho sovg‘alar beradi (3)
b) tez-tez restoranlarga taklif qiladi (2)
v) gullar sovg‘a qiladi (5)
g) mening hamma harajatlarimni ko‘taradi (1)

3. Yoringiz siz uchun o‘z xobbisidan voz kechishi mumkinmi?
a) sizni ko‘ndirishga uzoq urinadi (2)
b) xafa bo‘ladi (5)
v) kayfiyatingizni ko‘tarishga harakat qiladi (2)
g) rad javobingizni xotirjam qabul qiladi (1)

4. Siz uning avvalgi muhabbatlari haqida...
a) hamma narsani bilasiz (4)
b) taxminan bilasiz (2)
v) hech nimani bilmaysiz (3)
g) yoringiz ulardan qochib yurganini bilasiz (0)

5. U siz bilan dam olish uchun biror joyga borishni muhokama qiladimi?
a) hamma narsani bilasiz (4)
b) taxminan bilasiz (2)
v) hech nimani bilmaysiz (3)
g) yoringiz ulardan qochib yurganini bilasiz (0)

6. Gaplashib o‘tirganingizda birdan telefoni jiringlab qoldi. Shunda u...

a) sizning oldingizda telefonda bemalol gaplashadi (5)
b) telefonga qaramay chaqiruvni rad etish tugmasini bosadi (4)
v) darrov chetroqqa o‘tib gaplashishni boshlaydi (1)
g) sizning yoningizda hech kim unga qo‘ng‘iroq qilmaydi (0)

7. U sizni qaysi obrazda ko‘rishni yoqtiradi?
a) qulay uychi kiyimda (7)
b) sport kiyimida (4)
v) kechki hashamatli libosda (2)
g) kundalik ish kiyimida (3)

8. Gaplashishga gap qolmaganda u...
a) shunchaki sizga tikilib o‘tiradi (7)
b) hazillashishni va latifalar aytishni boshlaydi (5)
v) sizni nima bilan xafa qilganini so‘ray boshlaydi (3)
g) televizorga tikilib o‘tiraveradi (0)

9. Qo‘sha qarish deganda nimani tasavvur qilasiz?
a) muhabbatingiz hozirgidek bo‘ladi (5)
b) bir-biringizga qattiq bog‘lanib qolishingizni (1)
v) yoringiz sizni hozirgidan ham qattiqroq sevadi (7)
g) qariganda qanday yashashimizni hozir tasavvur qila olmayman (0)

Endi ballarni jamlab, natijalar bilan tanishing.

Natijalar

U SIZNI SEVADI!
54 dan 40 ballgacha. Uning sizga bo‘lgan sevgisi shu qadar kuchliki, hayotini sizsiz tasavvur qila olmaydi. Yotsa ham, tursa ham xayolida siz. Sizning kayfiyatingiz – bu uning kayfiyati. Kulsangiz, u ham xursand, yig‘lasangiz, o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi. U sizni eru ko‘kka ishonmaydi. Balki Farhod Shirinni shunday sevgandir, balki Tohir Zuhroni. Xullas, ertaklarda aytilgan, dostonlarda kuylangan muhabbat yoringizning qalbida sizga nisbatan mavjud. Bu bir tomondan u insonning ulkan qalbi borligidan, shu darajada va shunday go‘zal seva olishidan dalolat bersa, boshqa tomondan sizning ham ma’lum fazilatlarga ega ekaningizni ko‘rsatadi. Bu baxtga hamma ham erishavermaydi. Ammo uning yuragidagi bu tuyg‘uni bir umrga saqlab qolish uchun nima qilish kerak? Yoringizni sizdagi qaysi fazilatlar maftun etganini yaxshi bilsangiz kerak. Ana shu xususiyatlaringizni hech qachon yo‘qotmang, aksincha, rivojlantirib boring. Asosiysi, samimiy bo‘ling. Chin seva olgan inson soxtalikni yoqtirmaydi. Sizga hasadi kelayotgan dugonalaringizning mish-mishu g‘iybatlariga ishonmang. Uni muhabbati chinligini isbotlashga hadeb majbur qilmang. Bu tuyg‘udan bezib qolmasin. Xullas, baxtli bo‘ling.

TUYG‘ULARINGIZ IMTIHONDA
39 dan 29 ballgacha. Munosabatlaringizda muhabbat, mehrdan ko‘ra ehtirosning o‘rni balandroq. Ishq boshqa, havas boshqa deyishadi. Sizlarniki hozircha bog‘liqlik, o‘rganish va ehtirosdir. Rashk ham bu o‘rinda katta o‘rin tutadi. Yoringiz sizni qattiq rashk qilsa kerak. Ammo bu hali to‘kis muhabbat degani emas. Tuyg‘ularingiz ko‘p chig‘iriqlardan o‘tishi, toblanishi, chiniqishi kerak. Balki u sizga o‘zi istab emas, ota-onasining taklifi bilan uylangandir. Balki bir-ikki ko‘rib yoqtirib qolgan-u, taqdir yo‘llarini bog‘lagan. Yoki uylanish payti kelgani sababli oila qurgan. Xullas, ko‘ngillarga muhabbat urug‘i ekilgani rost. Lekin bu niholni parvarishlab voyaga etkazish va ulkan daraxtga aylantirish o‘z qo‘lingizda. Yoringiz bilan ko‘proq suhbatlashishga, uni tushunishga, qiyin daqiqalarda esa qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling. Unga ishoning, nafaqat uning sadoqatli yor ekaniga, balki kelajagi porloq, qo‘lidan hamma ish keladigan inson ekaniga ham ishoning. Erkaklar ularga ishongan ayollarga ipsiz bog‘lanib qoladilar. Siz undagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni o‘stiruvchi manba bo‘ling. Shunda uning tuyg‘ulari yanada teranlashadi, sizga nisbatan muhabbati ortadi.

SIZDA KO‘NGLI BOR-U, AMMO...
28 dan 15 ballgacha. Yoringiz bir tomondan sizni qattiq sevib qolishdan qo‘rqsa, boshqa tomondan sizni yo‘qotishni ham istamaydi. Uning qalbida o‘ziga yarasha o‘rningiz borligi, shubhasiz. Ammo bu o‘rinning chuqurlashib borishidan u xavotirda. Balki birovni sevib o‘rganmagandir, balki kimnidir qattiq sevib kuygandir. Xullas, uning sizdan emas, muhabbat degan tuyg‘udan xavfi bor. Siz borini boricha qabul qiling. Albatta, tug‘ularini qizg‘anayotgan yoringizni shu holiga tashlab qo‘ying demaymiz. Munosabatlar ustida, agar ularda bittagina yorug‘ nuqta bo‘lsa ham, ishlash kerak. Undan hozircha o‘zida yo‘q narsani talab qilmang, o‘zi qodir bo‘lmagan tuyg‘uni tuymaydi baribir. Yaxshisi, o‘z ustingizda ishlang. Bo‘lar-bo‘lmasga bo‘yniga osilib, sevasizmi deb so‘rayvermang. Orastalik, go‘zallik, tadbirlilik va farosat doim qadrda bo‘lgan. U sizda shu xususiyatlarni ko‘rsa, mehri ortadi. Qo‘lingizdan kelsa, unga do‘st bo‘ling, eplolmasangiz yo istamasangiz, hech bo‘lmasa begonaga aylanib qolmaslikka harakat qiling. Unutmang, u xotirjamlik va iliqlik istab sizga talpinadi, sizni shu sababli yo‘qotishdan qo‘rqadi. Sizdagi shu iliqlik uning qalbidagi tuyg‘ularini ulkan muhabbatga aylantirsa, ne ajab.

MUNOSABATLARINGIZ ChIGALLAShGAN
6 dan 14 ballgacha. Yoringizning tuyg‘ulari ancha susayib, muhabbat olovi tafti pasaygan. Buning sabablarini o‘zingiz yaxshi bilsangiz kerak. Balki maishiy muammolar, balki munosabatlardagi taranglik va yoki boshqa sabablar... Nima bo‘lganda ham endi siz munosabatlaringizni saqlab qolishga jiddiy kirishishingiz kerak. Muhabbat har narsaga qodir deyishadi. Ammo ba’zida bir-birini qattiq sevgan insonlar ham birga yashay olishmaydi. Sizlarda esa muhabbatning o‘zi yordamga muhtoj. Yoringizga ko‘proq e’tibor bering, o‘zingizga ham. Sizdan nima xato o‘tgan bo‘lsa, tuzating. Undan o‘tganlarini esa kechiring. Albatta, bu inson sizga kerak va qadrli bo‘lsa.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Juftingizning tuyg‘ulari naqadar jiddiy?