22:41 / 29.06.2017
8 349

Oiladagi saodatning siri nimada?

Oiladagi saodatning siri nimada?
Turmush urtog‘i bilan 50 yil yashab, baxtli hayot kechirgan onaxon bilan suhbat
50 yil davomida, doimo baxtli yashaganini sirini diktor (radio orqali matn o‘quvchi) so‘radi:
— Onaxon, aytingchi, siringiz nimada? Taom tayyorlashga ustalik yo chiroyda yoki farzandlarni dunyoga keltirishdami? Yo boshqasidami? — dedi.
Onaxon:
— Oiladagi saodat, Allohning tavfiqidan so‘ng ayolning o‘z qo‘llarida. Ayol, uyini jannatga aylantirishi yo aksini qilishi mumkin. Gap boylikda, deb o‘ylamang. Qancha davlatmand, ammo baxtsiz ayollar bor. Ulardan erlari beziganidan tashlab ketadi.
Ba’zi ayollar eriga o‘ntalab o‘g‘illarni tug‘ib beradi, lekin ularni erlari sevmaydi, ajrashishadi.
Yana juda ko‘plari pishir — kuydirga o‘ta mohir, ba’zilari kun bo‘yi shirin taomlar tayyorlaydi, ammo erini unga qilgan muomalasidan doim nolidi.
— Unda sizning siringiz nimada? — deb so‘radi.
Onaxon:
— Hojamning g‘azablari kelsa, chuqur hurmat bilan sukutga sho‘ng‘irdim. Boshimni egib, xoksorlik bilan gaplarini tasdiqlardim. Ayol kishi aslo, eri unga g‘azablangan holda gapirsa, jim, mazaxomuz qarashda qaramasligi kerak. Erkak kishi zakiy bo‘lib, bu qilig‘ini tushunadi.
Jurnalist so‘radi:
— Urush — janjalni boshlasalar boshqa xonaga chiqib ketsa bo‘ladimi? Siz oldilardan chiqib ketmasmidingiz?
— Aslo… agar erning oldidan chiqib ketsangiz, unga nisbatan hurmatsizlik, uni eshitishni istamagan bo‘lasiz. To xotirjam bo‘lmagunlaricha, ularni eshitib, barcha gaplariga «Xo‘p» deb turardim. Gaplarini gapirib bo‘lgandan keyin, «Gaplaringizni aytib bo‘ldingizmi?» derdim va chiqib ketardim. Chunki shuncha baqirishdan keyin charchardilar-da?! Dam olishlari kerak bo‘lardi. Men esa, xonadan chiqib, uy yumushlariga kirishardim.
— Shuncha gapdan keyin nima qilardingiz? Arazlab, bir — ikki hafta gaplashmay, keskin uslublarni qo‘llamasmidingiz?
— Yo‘q, ikki tomoni ham keskir silohdek bo‘lgan bu yomon odatdan ehtiyot bulish kerak. Agar eringizdan bir hafta arazlab yursangiz, u sizning ko‘maklaringizga ehtiyoji tushsa ham, sizsiz o‘zi bajarib shu holatga o‘rganib qoladi. Ya’ni, unga sizning ahamiyatingiz qolmaydi. Hojamning ba’zan talablari shu darajada yuqori bo‘lib ketganidan o‘ta qaysar, injiq bo‘lib qolardilar.
— Shunday holatda nima qilardingiz?
— Bir — ikki soatdan so‘ng, u kishiga bir qadah sharbat yoki bir finjon qahva keltirib, «Marhamat, ichib oling», derdim. Albatta shunga ehtiyojlari tushib turgan bo‘lardi. Men ham odatdagiday gaplashaverardim. «Mendan xafamisan» desalar, «Yo‘q», derdim. O‘zlarining qattiq gaplariga uzr so‘rab, chiroyli gaplarni aytardilar.
— Siz o‘sha gaplarga ishonarmidingiz?
— Ha, albatta. Men o‘zimga ishonaman, ahmoq emasman-ku!? Erim g‘azabda aytgan gaplariga ishonib, xotirjam bo‘lganda aytganlariga ishonmasligimni xohlaysizmi?
— Sizni urishib, baqirib, so‘ng yaxshi muomala qilib ketsa, sizning hurmatingiz, g‘ururingiz qayerda qoladi?
— Mening g‘ururim, hurmatim, erimning rizoligi, o‘zaro munosabatimizda xotirjam bo‘lishimizdadir. Er — xotin o‘rtasida g‘urur bo‘lmaydi. Qanaqasiga g‘urur bo‘lsin? U siz bilan birga yashasa, aybu nuqsonlaringizni bilsa, hech kimning oldida ko‘rsatilmagan sifatlaringizga shohid bo‘lsa, g‘urur qoladimi?

Agar ayol kishi qush qilib yaratilganida, «Tovus»…
Hayvon qilib yaratilganda, «Kiyik»…
Hasharot bo‘lganda, «Kapalak» bo‘lardi.

Lekin u inson qilib yaratildi. Natijada, suyukli mahbuba, mehribon ona, er kishi uchun er yuzidagi eng go‘zal ne’matga aylandi. Agar ayol kishini sha’ni judayam oliy, yuksak bo‘lmaganda edi, Alloh taolo uni jannatda mu’min erlarga beriladigan mukofot bo‘lmish «HUR» larni yaratmasdi. Bir haqiqat meni shu darajada ajablantiradiki, birgina gul ayolni rozi qiladi. Birgina so‘z uni halok qiladi.
Ayol zoti ajib-da?!!

Go‘daklik chog‘ida otasiga jannatdan bir eshik ochadi.
Ulg‘ayganda, erining iymonini to‘ldiradi.
Ona bo‘lganida esa, JANNAT uning oyoqlari ostida bo‘ladi.

Manba: maslahatim.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oiladagi saodatning siri nimada?