
Siz meni shunchaki unutolmaysiz,
Chiqara olmaysiz xayolingizdan.
Hali ko‘p eslaysiz kulishlarimni,
Izlaysiz hattoki ayolingizdan…
Mendan olislarga ketgan saringiz,
Sog‘inaverasiz erkaligimni.
Huvillab qoladi ko‘ngil qa’ringiz,
Anglaysiz dunyoda yakkaligimni.
G‘ururga bosh egmay qiynalasiz ko‘p,
Pushaymon bo‘lasiz ketganingizdan.
Orqaga qaraysiz, ko‘rasiz, bir to‘p
Armonlar o‘rasiz ekkaningizdan.
Siz meni shunchaki unutolmaysiz,
Tunda oy eslatar gulgun yuzimni.
Kun kelar qo‘l chuzib ham etolmaysiz,
Hatto orzuda ham bosmam izimni.
Hozircha siz haqu men gunohkorman,
Loaqal ko‘ngilga solmayapsiz qo‘l.
Bir kuni sog‘inib qaytay desangiz
Qanchalik xohlamang sololmaysiz yo‘l.
U zamon men sizni o‘chirib dildan,
Baxtning saroyida beka bo‘laman!
Tangriga shukrlar uchirib tildan,
Buyuk muxabbatga ega bo‘laman!
Sojida Ubaydulla qizi
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.