16:28 / 19.07.2017
28 158

Foto: osiyolik tirik “Barbi” internet olamini hayratlantirmoqda

Foto: osiyolik tirik “Barbi” internet olamini hayratlantirmoqda
Qizlar bolaligida Barbi qo‘g‘irchoqlarining shaydosi bo‘lishlari ko‘p kuzatiladi. Qo‘g‘irchoqlarnig katta va dumaloq ko‘zlari, ixcham jussasi va yorqin sochlari eng esda qolarli detallardan biri. Dunyoda ko‘plab balog‘atga etgan qizlar Barbi qo‘g‘irchog‘iga o‘xshash uchun harakat qilib, plastik operasiyalarni ham boshdan kechirishgan. Ana shunday “qo‘g‘irchoqnamo” qizning suratlari internet olamida tarqalib ketdi.

Xitoylik bu qiz model sifatida faoliyat olib boradi. Kin Shen Osiyo irqiga mansub bo‘lsa-da, makiyaj qilish usulini mukammal egallagan. Bu esa unga qo‘g‘irchoq ko‘rinishini hadya etgan.

Jahondagi boshqa “tirik Barbi”lar bilan tanishtiramiz.

1. Valeriya Lukyanova – ukrainalik bu qiz sariq sochli qo‘g‘irchoqning o‘zginasi. O‘zining tashqi ko‘rinishidan foydalanib, mashhurlikka erishgan Valeriya uni “tirik Barbi” deyishsa, yoqtirmasligini aytgan. U o‘z yoshini yashirib keladi. Taxminlarga ko‘ra, valeriya 30 yosh atrofida. Turmushga chiqqan, hozircha farzandi yo‘q.

2. Xanna Gregori – Buyuk Britaniyadan. 23 yoshli qiz biror marta ham plastik operasiya qildirmaganini ta’kidlaydi. Xanna tashqariga chiqishi, ya’ni makiyaj, soch turmagi va kiyim tanlash uchun 3 soat sarflar ekan.

3. Anjelika Kenova – 27 yosh, Moskvadan. Anjelikaning bunday ko‘rinishiga ota-onasi sababchi. Qizni yoshligidan qo‘g‘irchoqdek kiyintirishgan ekan.

4. Dakota Rouz – 21 yosh, AQShdan. Dakota 16 yoshidayoq internet “yulduzi”ga aylangan. U makiyaj yordamida haqiqiy qo‘g‘irchoqqa aylanadi. Dakotaning bo‘yi 165 sm, vazni esa 42 kg. Shifokorlar bunday vazn salomatlikka zarar keltirishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

5. Agnessa Damiani – 25 yosh, Braziliyadan. Bu qiz “Muzyurak” multfilmi qahramoniga juda o‘xshaydi. Agnessa juda ozg‘in, shu sabab ham ayrim hollarda notanish kishilar uni ko‘rganida qo‘rqib ketishlari haqida aytgan.

Albatta, yuqoridagi kabi ko‘rinish kimgadir ma’qul kelsa, kimgadir yoqmasligi tabiiy. Har bir inson tabiat in’om etgan go‘zallikka ega. Bunday chiroyga yuqori kayfiyat qo‘shilsa, baxt tuyg‘usi ham paydo bo‘lishi tayin. Yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Foto: osiyolik tirik “Barbi” internet olamini hayratlantirmoqda