21:33 / 20.08.2017
7 201

Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun tongda uyg‘onasiz-u, kayfiyatingiz o‘zgaradi. Kimga nisbatan bo‘lmasin, o‘ylagan gapingizni gapirib tashlar darajaga etasiz. Mustaqil bo‘lishga intilasiz. Atrofdagilarga nafrat nazari bilan boqa boshlaysiz. Go‘yo sizning muammolaringizga ular sababchidek o‘zgalarni ayblaysiz. Bilib qo‘ying, bunday kayfiyatda tez orada yolg‘izlanib qolishingiz hech gap emas. Kechqurun juftingiz ham sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Bardosh qiling. Tanqidni to‘g‘ri qabul qilish ham mardlikka kiradi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Professional kasbingizda ish unumi ortishi kutiladi. Agar dangasalikka zeb bermasangiz, ko‘zlanganidan ham ko‘proq daromadga ega chiqishingiz mumkin. Pul olish yoki berish masalasida kichik muvaffaqiyatsizliklar ko‘zga tashlanishi kutiladi. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Agar qon bosimingiz ko‘tarilishga moyil bo‘lsa, taqiqlanadigan taomlarga qo‘l cho‘zmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

21 avgust kuni juda muhim va qiziqarli xobbi topishingiz ehtimoli bor. Muhabbatda tushunarli va to‘g‘ri harakatlar sodir eting. Oilasiz bo‘lsangiz, bu amal kelgusida mustahkam baxt qasriga ega bo‘lishingiz uchun juda asqotadi. Salomatligingiz havo o‘zgaruvchanligi tufayli kun davomida bir necha marta bezovta qilib o‘tishi mumkin. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari ham ehtimoldan xoli emas.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun hoynahoy chap yonboshingiz bilan turgan ko‘rinasiz. Ishga keliboq rahbariyat bilan jiqqillashib qolishingiz kutilmoqda. Xudo ko‘rsatmasin, ularga haqligingizni isbotlashga urinsangiz, tamom, siz albatta qora ro‘yxatga tushishingiz tayin. Shunday ekan, og‘irroq bo‘ling, rahbariyat nima desa ma’qullab turishdan nariga o‘tmang. Oilaviy biznes bilan band bo‘lsangiz, taraqqiyotning yangi yo‘lini qidirishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun nihoyat tushkun kayfiyatni jilovlang. Aks holda uxlay olmay azoblanasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

21 avgustda biznesdagilar daromadni ko‘paytirish harakatiga tushishlari kutilmoqda. Bu yaxshi, lekin daromadni halollab topishdan tiyilmang. Kunning ikkinchi yarmida xarajatlar daromadlarga nisbatan bir necha o‘n barobar ortishi mumkin. Kechqurun ko‘ngli qora odamlar bilan muloqot qilmaslikka intiling. Ovqatni saralab, tanlab iste’mol qiling. Shunda salomatligingizga putur etmaydi. Juftingizga nisbatan adolatli bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

21 avgustda shoshma-shosharlik sizga do‘stlik qilmaydi. Mayli, ishingiz ikki martalab boshingizdan oshib-toshsin, shoshilmang, bir maromda ishlashga harakat qiling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun taqdir sizga o‘z in’omini hadya etmoqchi. Har jihatdan didingizga mos insonni uchratishingiz kutiladi. Kechqurun serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, kun davomida dorilaringizni yoningizda olib yuring. Hozirgi kunda davom etayotgan magnit bo‘ronlari ziyon etkazib qo‘yishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Neki qaror qabul qilmang, uni amalga oshirishdan oldin bir taroziga soling. Toki sizga yo‘l-yo‘lakay zarar etkazmaydigan bo‘lsin. Ish sifatiga e’tibor bering. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, olis safarga otlanmang. Yo‘lovchi mashinalarda ketganingiz ma’qul. Bugun uy oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Ba’zilarni angina, shamollash, bronxit va oshqozon faoliyati buzilishi kabilar sal bezovta qilib o‘tishi mumkin. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tsangiz, hammasi ayon bo‘ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Qarang, bugun boshliqlaringiz sizga juda muhim bir vazifani topshirishga qaror qilgan. Siz esa kerak-nokerak savollar berib ularning kayfiyatini buzishingiz mumkin. Shuning uchun iloji boricha qiziquvchanlikni jilovlab, og‘ir-bosiqlikda ish bajarishga kirishavering. Oilasizlar faollikni qo‘ldan berishmasa, albatta bugun orzusidagi insonni uchratishadi. Bugun ovqatlanish va dam olish rejimiga o‘zgartish kiritish xayrli kechadi. Kechqurun yaqin manzillardan biriga mehmondorchilikka borishingiz ham ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

21 avgustda nafaqat ish, balki kasbingizni o‘zgartirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylab olishingiz lozim. Bugun safar, oliy o‘quv yurtiga kirish, bilim olish, yangi tanishuvlar haqidagi g‘oyalarni hayotga tadbiq eta bilsangiz, yutuq siz tomonda bo‘ladi. Kechqurun oila qurmaganlarni romantik uchrashuv kutadi. Oilalilar esa jufti bilan bundan-da maroqliroq suhbatlarni boshdan kechirishadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatligingizga putur etkazadigan amallardan uzoqroq yuring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Garchi tashqarida havo bulutli bo‘lsa-da, qalbingizda quyosh nur sochadi. Oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi baxtingizni uchratasiz. Oilali bo‘lsangiz esa juftingiz bilan munosabatlar yanada mustahkamlanishi uchun xizmat qiluvchi lahzalar, vaziyatlar yuzaga keladi. Kechqurunga borib organizmingiz jismoniy zo‘riqish natijasidami, hiyla toliqishi mumkin. Bunday holatdan chiqib ketishda meditasiya va qaynoq vanna qabul qilish amallari yordam beradi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

21 avgust kunning ilk lahzasidayoq bajarak ishlarni tizimga solib oling. Shunda ishlar baroridan kelishi uchun zamin yaratiladi. Tijorat va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar yangi g‘oyalar asosida ish boshlashlari zarur. Ayniqsa, tijoratchilar keyingi paytda daromad ketidan quvib o‘zlariga yangi-yangi raqobatchilarni orttirib olishgan bo‘lsa kerak. Yangi g‘oyalar shu muammolarni hal etishda yordam beradi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Qarindosh-urug‘, oila a’zolaringiz bilan janjal kelib chiqishiga yo‘l bermang. Mayli, ular aybdor bo‘lsa ham siz o‘zingizni bosing va masalani tinch yo‘l bilan hal eting. Buning mukofotini keyin olasiz. Bugun organizmingiz sizga umuman pand bermoqchi emas. Demak, kechqurun sportning faol turlari bilan ham bemalol shug‘ullanaversangiz bo‘ladi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..