14:46 / 07.09.2017
7 161

Qanday qilib yangi ish joyiga moslashish va yaxshi taassurot qoldirish mumkin?

Qanday qilib yangi ish joyiga moslashish va yaxshi taassurot qoldirish mumkin?
Yangi lavozimda ishlashning birinchi kunlarida qanday qilib o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatish haqida ba’zi foydali maslahatlar bilan tanishtirmoqchimiz.

O‘rganing

Hatto katta tajribaga ega bo‘lsa ham yangi kelgan odamning katta xatosi — qandaydir muhim masalada haddan tashqari tez qaror qabul qilish. Boshida sizga kelayotgan hamma ma’lumotlarni o‘zlashtirishingiz va barcha tafsilotlariga diqqat bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak.

O‘z rahbaringiz bilan gaplashing. Xodimlar uchun yozilgan qo‘llanmada bo‘lmaydigan ba’zi masalalarni muhokama qiling. Masalan, quyidagilar:
  • Birinchi kunlarda siz mendan nimalarni kutyapsiz?
  • Birinchi oyda siz mendan qanday natijalar kutyapsiz?
  • Ishim yanada samaraliroq bo‘lishi uchun men oldindan nimalarni hisobga olishim kerak?

Yangi hamkasblaringizdan kompaniyada ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida surishtiring:
  • Xodimlar bilan muloqot qilishning qaysi biri ma’qulroq: jonli suhbatmi yoki ijtimoiy tarmoqlarmi?
  • Munozara uchun qandaydir taqiqlangan mavzular bormi?

Kuzating

Hamkasblaringiz xatti-harakatlarini kuzatib boring. Ular ishdan chalg‘ituvchi mavzularda gaplashishadimi? Tushlikni tashqarida qilishadimi yoki umumiy oshxonada ovqatlanishadimi? Ularning o‘zaro munosabatlari qanday? Shunda siz yangi doiradagi tanishlaringizga tezroq moslashasiz.

Ishni o‘zingizga moslashtirib oling

Aytaylik, ishning birinchi kunlari siz qaysidir vazifalarni bajara olmasligingizni birdan tushunib yetdingiz. U holda rahbaringiz bilan gaplashishga harakat qilib ko‘ring. Unga o‘zaro kelishuv taklif qiling: o‘sha vazifalar o‘rniga o‘zingiz juda yaxshi biladigan masalalarni bajarish. Ba’zan rahbariyatning ruxsati bilan hamkasblar bilan vazifalarni almashtirish mumkin.

Maqtanmang

Agar sizning ishga doir qandaydir zo‘r g‘oyangiz bo‘lsa uni darrov hayotga tatbiq qilish shart emas. Avval rahbaringiz bilan maslahatlashing va uning fikrini e’tiborga oling.

Ishni endi boshlashingiz bilan yulduzlardan ham balandroqni ko‘zlamang. O‘zlashtirib olganingizdan keyin esa katta maqsadlar tomon intilsangiz bo‘ladi. Yangi g‘oyalarni yaxshisi rahbaringizga, sizni bironta sabab bilan maqtagandan so‘ng taklif qilganingiz ma’qul.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib yangi ish joyiga moslashish va yaxshi taassurot qoldirish mumkin?