Suhbatdoshingiz yolg‘on so‘zlayotganini bilishning psixologik usullaridan ichki ishlar va militsiya xodimlari unumli foydalanadilar. Ulardan eng asosiylarini quyida keltiramiz.
Suhbat chog‘ida qo‘l harakatlari nomutanosib qimirlaydi. Aldayotgan kishi qo‘li bilan ko‘proq yuz qismiga teginadi: burnini yoki qulog‘ini ushlab qo‘yishi mumkin.
Yolg‘onchi suhbatdoshining ko‘zlariga qaramaslikka urinadi. Aldayotgan kishi qo‘llarini qorni yoki yurak sohasiga yaqinlashtirmaydi.
Hissiy nomutanosiblik:
Emotsional so‘zlar kutilmaganda boshlanib, birdaniga tugatiladi. Savolingizga uzoq to‘xtalib, keyin javob beradi.
So‘zlari va yuz ifodasi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Yolg‘onchi sovg‘ani olib, avval «menga yoqdi» deydi, keyin jilmayadi, tabiiy holatda bular ayni bir vaqtda bo‘lishi kerak.
«Seni sevaman» deganda qoshlar chimirilmasligi kerak.
Agar inson chin dildan kulsa ko‘zlari ham kuladi, yolg‘on jilmayishda esa faqat lablar ishtirok etib, boshqa a’zolar harakatsiz qoladi.
Yolg‘onchi suhbatdoshiga qaraganda o‘zini noqulay his qiladi va orqasini o‘girib so‘zlashni ma’qul ko‘radi.
Turli buyumlar (kitob yoki finjon) ni siz va o‘zi o‘rtasiga qo‘yadi, go‘yoki ong ostida yolg‘onini yashirishga uringandek.
Yolg‘onchi bir ma’romda, tinch so‘zlaydi, suhbatdagi to‘xtalishlarda o‘zini juda noqulay sezadi.
Aybdor noo‘rin hazillar bilan yolg‘onini sezdirmaslikka urinadi. Agar suhbatdoshingiz aldayotganini sezsangiz, suhbat mavzusini tezda o‘zgartiring, u bundan quvonib sizga ergashadi. Rost so‘zlayotgan kishi esa hayron bo‘lib, avvalgi mavzuni davom ettirishga urinadi.
Suhbatdoshingizda yuqoridagi belgilardan birontasini sezsangiz, u yolg‘onchi degani emas, albatta. Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarni do‘stingizning doimiy hulq-atvori bilan solishtirgan holda xulosa chiqargan ma’qul.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi