16:01 / 21.09.2017
12 547

Ozishni istaysizmi? Afsona va haqiqatlar bilan tanishing!

Ozishni istaysizmi? Afsona va haqiqatlar bilan tanishing!
Ozishni istasang, ertalab nonushta qilma!

Noto‘g‘ri! Aynan ertalabki nonushta organizmning kunlik quvvati uchun juda muhimdir. Shunisi ham borki, ertalab nonushta qilmaydiganlarda ichak tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelib, keyinchalik qabziyatga sabab bo‘ladi.

Jismoniy mashqdan so‘ng tamaddi mumkin emas!

To‘g‘ri! Tana vaznini jismoniy harakat yordamida kamaytirishni istaganlar mashg‘ulotdan bir soat avval va bir soat keyin tamaddi qilishlari kerak.

“Press” qilsam, ozaman”

Noto‘g‘ri! Faqat qorin mushaklarini chiniqtirish ozdiradi, desangiz adashasiz! Eng ma’quli turgan yeringizda qadam tashlab, mashq qilishdir. Shuningdek, belni ikki yonga harakatlantirish hamfoyda beradi.

Yosh ulg‘aygani sayin tana vazni ortib boradi!

Yolg‘on! Tana vazni ortishiga yoshning ahamiyati yo‘q. Shunchakijismoniy faollik kamayib, iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdori ortsa, odam to‘lishadi. Agar jismoniy faollikni ko‘paytirsangiz, yoshingizga mos tana vazniga ega bo‘lasiz.

Surgi dori va peshob haydovchi damlamalar ozdiradi!

Noto‘g‘ri! Surgi dorilar ichaklardagi muammoni vaqtinchalik bartaraf etishi mumkin. To‘g‘ri, shu tufayli ozib qolgandek bo‘lasiz. Ammo keyin birdaniga vazningiz ortib ketishi mumkin. Peshob haydaydigan damlamalarni esa shifokor ko‘rsatmasisiz ichish tavsiya etilmaydi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozishni istaysizmi? Afsona va haqiqatlar bilan tanishing!