Biror ishni boshlashdan avval «Qanday bo‘larkan?» deb o‘ylanamiz, ikkilanamiz. To‘g‘ri, oxirini ko‘ra bilish muhim, lekin bunday savollar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirib qo‘ymasligiga e’tiborli bo‘ling. Ba’zida bu ikkilanishlar hayotimizning aksariyat qismini tashkil etadi.
Natijada asabbuzarlik, tushkun kayfiyat hamrohimizga aylanadi-yu, yaxshilab o‘rnashib oladi. Xo‘sh, bunda kim aybdor? Albatta o‘zimiz! Biroq hammasini to‘g‘rilasa bo‘ladi. Buning uchun bir necha sabablarni ko‘rib chiqib, qayerda xato qilayotganingizni topsangiz, har bir ishingizda omad sizga yor bo‘ladi. Ishoning!
1. Nega boshqalar bilan taqqoslaysiz? Axir sizdagi kamchiliklar ularda ham bor! Shunchaki boshqalar buni bildirishmaydi. Siz esa aksincha...
2. Kim nima deyishining nima ahamiyati bor? Bilasizmi, sizning eng katta kamchiligingiz nimada? Doim boshqalar fikri bilan ish tutishingizda! Bu safar shunday qilingki, ular siz bilan maslahatlashsin.
3. Boshqalar tanqididan qochish... Bilsangiz, e’tiborda bo‘lgan kishilarnigina gapirishadi. Sizni tanqid qilishsa, bundan faqat yaxshi xulosa chiqaring.
4. Faollik kam, o‘z olamingizda yashaysiz. Bu ishingiz sizningcha to‘g‘ridir, lekin haqiqiy hayot tasavvuringizdan ancha farq qiladi.
5. Qilsammikan emas, qila olaman deng. Ikkilanish sizni ruhan sindiradi. O‘zingizni qo‘lga oling.
6. O‘ta samimiysiz. Ba’zida bu xislatingizdan boshqalar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi.
7. Muloqotdan qochasiz... Kim bilandir ochiq suhbatlashish siz uchun juda katta voqea. Ana undan keyin «Nega meni tushunishmaydi?» deb xafa bo‘lishingiz nechuk?
8. Tavakkal qilishni ham biling. Bir marta qoqilarsiz, ikki marta... Ammo bunday yiqilishlar sabab turib keta olishni ham o‘rganasiz. Mana shuni tavakkal deydilar.
Manba: Darakchi.uz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot