Hayotimizda yuz beradigan hayajonli daqiqalar, xursandchiliklar va umrning eng mazmunli damlarini yodda saqlab, ularni eslaganda vaqt qanchalik tez va shiddat bilan o‘tayotganiga amin bo‘lamiz. Ammo ba’zan shu umrning eng mazmunli damlari yodimizdan ko‘tariladi va u vaqtlarni qanchalik urinmaylik, eslay olmaymiz...
Janubiy Kaliforniya universiteti biotibbiyotshunoslik muhandisi Teodor Berger insonlarga xotirani tiklashda yordamlashuvchi ajoyib ixtironi yaratdi. Uning ixtirosi barchani o‘ziga tortdi. Kichik qurilma yaxshi eshita olmaydiganlar taqadigan “eshitish moslamasi”ni esga soladi: quloqning orqasiga joylashtirilsa bas.
Mazkur qurilma omma e’tiboriga havola qilishdan oldin sichqon va maymunlarda sinovdan o‘tkazildi va ajoyib natijaga erishildi. Berger o‘z ixtirosi haqida shunday deydi: — Miyamizdagi kichik nervning ish uyg‘unligini va neyronlar orqali ularni faollashtirish bilan yodimizdan chiqqan voqealarni asta-asta eslashimiz mumkin.
Masalan, xonangiz kalitini qayerga qo‘yganingizni eslay olmayapsiz va bilingki, kalitni qayerga qo‘yganingiz nofaol holatga o‘tgan. Shu paytda siz eslashga harakat qilasiz va mazkur qurilmaga ehtiyoj sezasiz. Bundan tashqari, bu qurilma xotirasini yo‘qotgan odamlargaxotiralarini tiklashda juda katta yordam beradi. Bu ixtiro yaqin kelajakning buyuk ixtirosi, deb atalmoqda.Bergerning ixtirosi yanada takomillashtirish jarayonida ekanligi aytilmoqda va uning qachon sotuvga chiqishi hali e’lon qilinmadi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi