21:15 / 01.10.2017
6 524

"Katta portlash nazariyasi"dagi Sheldon bir yil ichida hammadan ko‘p pul ishladi

"Катта портлаш назарияси"даги Шелдон бир йил ичида ҳаммадан кўп пул ишлади
Jim Parsons Forbes versiyasiga ko‘ra, 2017 yilning eng yuqori maosh to‘lanuvchi aktyorlari reytingida yetakchilik qildi. Ma’lum bo‘lishicha, televizion aktyorlar orasida "Katta portlash nazariyasi" va "Zamonaviy oila" aktyorlari eng ko‘p haq oladi.

Reytingga kirgan 10 nafar aktyor bir yilda 185 million dollar ishlab oldi. "Zamonaviy oila" (Modern Family) serialida o‘ynagan biryo‘la to‘rt aktyor ro‘yxatga kiritildi: Jessi Teylor Fergyuson va Ed O'Nill 10- va 9-o‘rinlarni egallashdi, Erik Stounstrit 7-o‘rinni band etdi, Tay Barrell esa 6-o‘rinda qayd etildi.

"Kartali uy" serialidagi har bir epizod uchun 500 ming dollar haq oluvchi Kevin Speysi bir yilda 12 million dollar ishlab oldi va Ed O'Nill bilan reytingning 8-o‘rnini bo‘lishdi.

Aktyorlarning aksariyati bir yil ichida bir necha loyihada ishtirok etgan bo‘lsa, Kunala Nayyara faqat "Katta portlash nazariyasi" orqali pul topib keladi. Serialning bir qismi uchun 1 million dollar bir yilda 25 million dollar yig‘ilishiga olib kelib, aktyorni reytingning 4-o‘rniga olib chiqdi. "Katta portlash nazariyasi" va "Florens Foster Jenkins"da 26 million dollar ishlab olgan Saymon Xelberg esa Nayyardan ham oshib ketdi. Ikkinchi o‘rin yana CBS sitkomiga nasib etdi: undan Jonni Galeki (26,5 million dollar) joy oldi.

Eng yuqori haq oluvchi aktyorlar reytingida "Katta portlash nazariyasi"da Sheldon Kuperning rolini ijro etgan Jim Parsons yetakchilik qilmoqda. Aktyor uchinchi yil ketma-ket shu ro‘yxatni boshqarib kelmoqda, hisobot davri (2016 yil iyunidan 2017 yilgacha)da uning ish haqi 27,5 million dollarni tashkil qildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Katta portlash nazariyasi"dagi Sheldon bir yil ichida hammadan ko‘p pul ishladi