17:50 / 17.10.2017
8 301

XXI asrda yaxshi ish topish uchun kerak bo‘ladigan 4 malaka

XXI asrda yaxshi ish topish uchun kerak bo‘ladigan 4 malaka
XIX asrda ish topish qanday oson bo‘lgan! XXI asrda esa ish beruvchilarni hatto ikki oliy ma’lumot bilan ham hayron qoldira olmaysiz.

Kompyuter savodxonligi

O‘rta statistik xodim ofis dasturlaridan tashqari pochta bilan ishlash, xatlarni ochish va o‘qish, nusxalar, imzolar, boshqa manzillarga qaytarib jo‘natishni sozlashni va boshqa muhim narsalarni bilishi kerak.

Ko‘pincha elektron rejalashtiruvchilardan ish malakasi talab qilinadi. Chunki korporativ muloqotlar messenjerlarda olib boriladi.

Yozma ko‘nikmalar

Yaxshi xodim yozishmalarning korporativ etikasini bilishi, u yoki bu ma’lumotlarni yozma ravishda tasvirlashni, zudlik bilan har qanday faoliyatning hisobotlarini qilishni bilishi kerak.

Mijozlar bilan ishlaydiganlar yozishmalar bilan ko‘proq shug‘ullanishadi, qolganlar esa — kamroq, lekin undan har qanday holatda ham qochib qutulib bo‘lmaydi.

Yaxshi yozma nutq uchun savodlilik va barcha turdagi xatlar, hisobotlar va hujjatlarni yozish borasida tajriba talab qilinadi.

Insoniy fazilatlar

Bu ajablanarli, lekin haqiqat — yaxshi ishga kirish uchun siz yaxshi odam bo‘lishingiz kerak. Xushmuomala, odobli, har xil odamlar bilan muomala qilishni bilishingiz lozim bo‘ladi.

Bu shaxsingizni to‘liq o‘zgartirishingiz uchun taklif emas, balki korporativ madaniyat, etika va yurish-turish qoidalarining muhimligiga bo‘lgan ishoradir. Ular tasodifan o‘ylab topilgan emas. Yuqoriga til topish mumkin bo‘lgan odamlar ko‘tariladi.

Ijodkorlik

Ijodiy yondashish sizga statistlar guruhi orasida ajralib turishingizga va o‘z ishingizni yaxshi ko‘rishingizni namoyon qilishga yordam beradi.

Albatta juda shiddatli ijod bilan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa muhim holatlarda u yoki bu g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qilish masalasida rahbariyat bilan maslahatlashganingiz ma’qul.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » XXI asrda yaxshi ish topish uchun kerak bo‘ladigan 4 malaka