22:16 / 19.10.2017
10 922

Munajjimlar bashorati: 20 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 20 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz o‘zingiz o‘ylaganchalik yengil kechmaydi. Ammo jiddiy muammolar ham ko‘zga tashlanmaydi. Ishlar boshingizdan oshib toshadi xolos. Kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq. Agar tushkunlik holatlaringizni kulgi, hazil-mutoyibaga alisha olsangiz, dunyoda sizdan baxtlisi bo‘lmaydi. Do‘stlar bilan muloqotda agressiya, emotsiyaga erk bermang, janjal chiqishi mumkin. Salomatligingizni tashqi xavflardan himoya qiling. Moliyaviy masalada ham qayg‘urmasangiz bo‘ladi. Asosiysi, pulsiz qolib ketmaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 oktyabr kuni ishingiz bilan bog‘liq ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz kutiladi. Hamkasblardan kimdir asabingizga tegishi va shuning natijasida janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Kechqurun har qanday ko‘rinishdagi safarlardan voz keching. Kechqurun oilangiz qurshovida vaqt o‘tkazishingiz kutiladi. Shu bahonada asablaringiz tiniqib dam oladi. Moddiy jihatdan ham kam bo‘lmaysiz. Kechqurun qo‘lingizga yoki plastik kartochkangizga pul tushishi tayin bo‘lib turibdi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ro‘zg‘ordagi asosiy muammolarning ijobiy hal bo‘lishi bugun qarindoshlar va sizning orangizdagi munosabatlarga yanada iliqlik baxsh etadi. Kun mobaynida oila ehtiyojlari uchun ancha-muncha pul sarflashingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Buning ham xosiyati ko‘p. Muhabbat bobida o‘ta sabrlilik va muloyimlik talab etiladi. Juftingiz bilan munosabatlar hadeganda ijobiy tarafga o‘zgara qolmasa, tanaffuslar e’lon qiling. Sog‘lig‘ingizni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 oktyabr kuni tijoratchilar, tadbirkorlarga ba’zi masalalarda hamkorlar ko‘magi zarur bo‘ladi. Agar biror muammoni hal etishga qurbingiz yetmasa, birovlarga va’da bermang. Shubhali loyihalarga pul tikmang. Tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Oilaviy mojarolar bugun kunning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatli barham topadi. Mabodo salomatligingiz pand bera boshlaganini sezsangiz, kunning qay mahali bo‘lishidan qat’i nazar vrach ko‘rigiga shoshiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz sizga o‘zingiz orzulagandek iliqlik, xotirjamlik hadya etadi. Qolaversa, qo‘shimchasiga harakat qilib yuborsangiz, kuningiz yanada yorqinlashadi. Agar jisman holsizlanayotganingizni payqasangiz, ishdan ham ertaroq keting. Shamollash, gripp alomatlari bo‘lishi mumkin. Mutaxassisga uchrashing. Oilasizlar kechqurun yangi tanishuv, ketidan romantik uchrashuvga ega chiqadigan bo‘lib turishibdi. To‘yni tezlatib qo‘ya qoling. Yuramizmi o‘sha baxtli kuningizni kutib.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 oktyabr kunning birinchi yarmida o‘zingiz uchun juda qimmatli bo‘lgan inson bilan kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi kutiladi. Bunga siz aybdor bo‘lib chiqasiz. O‘sha insonni yuzingda ko‘zing demay tanqid ostiga olishingiz ortiqchalik qiladi. Moliyaviy muammolaringiz siz istagandek oson va ijobiy hal bo‘ladi. Kechqurun sizni hamkasblardan biri mehmonga chaqirishi kutilmoqda. Uxlashga yotishdan oldin kechki sayrni unutib qo‘ymang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tarozi burji ostida tavallud topganlar vaqtinchalik mushkulotlarga ro‘baro‘ bo‘lishlari mumkin. Bu professional kasbingiz hamda pul bilan bog‘liq muammo. O‘zi qo‘lingizga kelib tushishi kutilayotgan puldan zinhor yuz o‘girmang. Kechqurun sut mahsulotlari iste’mol qilishingiz tavsiya etiladi. Ba’zilarni bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Og‘riqlar havoning o‘zgaruvchanligi intihosi bo‘lsa kerak.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
20 oktyabr kuni yaqin do‘stlaringizdan biri bilan ochiqchasiga suhbat qurishingiz ehtimoli bor. Sababi, do‘stingiz sizga sodiq emasligidan xabar topasiz. Ishxonangizda muhit ilgarigidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Shunday ekan, dangasalikka erk bermay miriqib ishlang va pul toping. Salomatlikni hozirgidek ajoyib ko‘rinishda saqlash uchun sport bilan shug‘ullanishingiz lozim. Moliyaviy jihatdan bugun to‘siqlarga duch kelmaysiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Anchadan beri qo‘lingizga kelib tushadigan katta puldan umidvor edingiz. Bugun ham o‘sha pul sizni kutishga majbur etadigan ko‘rinadi. Bu xayollardan chalg‘ish uchun kasbingiz bilan bog‘liq yangi loyihalarni o‘ylab toping. Pul sizniki, ertami-kechmi baribir keladi. Bugun tadbirkorlar uchun foydali shartnomalarni imzolash, xizmat safariga borish muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda sokin va sirli bo‘ling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 oktyabrda stress, asabbuzarliklarni osongina chetlab o‘tasiz. O‘ta sabrli ekaningiz yaxshiliklarlar ustiga yaxshiliklarni yetaklab keladi. Ammo hamkasblar bilan munosabatlarni yaxshilashingiz zarur bo‘ladi. Aks holda ishingizda muammo tug‘ilishi mumkin. Olis safarga chiqmang, sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang, jarohat olishingiz ehtimoli bor.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yaqin insoningiz bilan o‘zgalar qarshisida janjal qilmang. Bu ikkingizga ham faqat ziyon yetkazadi xolos. Basharti siz aybdor bo‘lsangiz, imi-jimida kechirim so‘rang, olam guliston. Anchadan beri boshqa ishga o‘tmoqchi bo‘lib yuribsiz. Lekin o‘sha lahzalar hali kelmadi. Shunday ekan, hozirgi ishingizni do‘ndirib tura qoling. Kechqurun yolg‘iz qoling. Kelajak rejalarini tuzing. Ruhan dam olishga harakat qiling. Bugun g‘iybatchilar va hasadgo‘y kimsalardan nariroq bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 oktyabr kuni kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutilmoqda. Kissangiz ham pulga to‘la bo‘ladi. Demak, o‘zingiz uchun dam olish kuni e’lon qiling-u, do‘kon, bozor aylanishga tushing. Oila uchun zarur jihozlar sotib olishda pulni ayamang. Qondoshlarga atab sovg‘alar xarid qiling. Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatchilarning qing‘ir ishlaridan ehtiyot bo‘ling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 20 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?