11:10 / 22.10.2017
7 752

Charchoqdan halos bo’lish uchun 7 tavsiya!

Charchoqdan halos bo’lish uchun 7 tavsiya!

E’tiborni bir yerda jamlay olmaslik, surunkali holsizlik – charchoqning ilk alomatlari sanaladi. Ish kunidan keyin ushbu holatlarning paydo bo’lishi tabiiy, ammo ba’zan tongda uyg’onib ham holsizlikni his etish mumkin.

1.Har kuni 7-8 soat davomida miriqib uxlashga harakat qiling. Bu charchoq bilan kurashishning eng birinchi va sinalgan usulidir.
2.Tongda turli yormalardan tayyorlangan bo’tqa tanovul qilgan yaxshi. Ular sizni kun davomida quvvat bilan to’yintirib turadi.
3.Ko’proq suyuqlik ichishga harakat qiling. Organizmda namlikning yetishmasligi ham stress holatini keltirib chiqaradi.
4.Ish jarayonida vaqti-vaqti bilan tanaffus qilgan durust. Bu paytda yengil jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish ham foyda beradi.
5.Ish paytida yolg’iz bo’lishga odatlaning. Buning imkoni bo’lmasa, 5-10 daqiqa yolg’iz qolib, ko’zlaringizni yumgancha biroz tin oling.
6.Ish joyingizda biror o’simlik yoki gul o’stirib, charchagan paytingizda ularga bir muddat qarab turishingiz mumkin.
7.Ishxonani tark etgach, unga doir barcha muammolaringizni ham tark eting va oilangiz davrasida ko’ngil yozing.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Charchoqdan halos bo’lish uchun 7 tavsiya!