
Nemis va amerikalik olimlar insonning ilon va o’rgimchak qarshisidagi qo’rquvi irsiy bo’lishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqida xorij nashrlari xabar bermoqda.
O’tkazilgan tadqiqotda chaqaloqlar ishtirok etgan bo’lib, ularning ushbu jonzotlarga qarshi qanday munosabat ko’rsatganlari tadqiqot natijalari borasida ma’lum fikrga kelish uchun imkon yaratdi.
“Biz kichik bolalarga gul va baliq suratlari o’rniga ilon hamda o’rgimchaklarning rasmini ko’rsatganimizda ularning ko’z qorachiqlari kattalashgani aniqlandi. Bu holatda qorachiqlar kattalashishi miyada stress reaktsiyasi uchun javob beradigan jarayon faollashib ketganining belgisidir. Demak, hatto kichkina bolalar ham mazkur jonivorlarni boshqalaridan ajrata olishadi” deydi neyrobiolog Shtefani Xoll.
Shu tariqa olimlar ilon va o’rgimchaklardan qo’rqish bolalarga homiladorlik paytida irsiy yo’l bilan o’tadi degan fikrga kelishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar