09:37 / 18.11.2017
5 896

Kunni kulgi bilan qarshilang!

Kunni kulgi bilan qarshilang!
Jajji chuvalchang onasidan so‘radi:
— Oyi, dadam qayerda?
— Dadang yigitlar bilan baliq oviga ketgan.
***
Do‘stidan sira qarzini undira olmagan yigit oxiri yo‘lini topdi. O‘zicha bashorat tuza boshladi. Do‘sti bashoratlarga qattiq ishonardi. Yigit so‘radi:
— Sen qaysi burjda tug‘ilgansan?
— Chayon burjida.
— Goroskopingni o‘qidingmi?
— Yo‘q.
— O‘qib ko‘r.
U yerda quyidagi jumlalar bitilgandi: «Shu haftada barcha qarzlarni egalariga qaytarmasangiz, hafta oxirida sizni ko‘ngilsizliklar kutadi».
***
— Azizim, istaysizmi, sizga yuragimni hadya qilaman?
— Sen oldin asablarimni qaytar.
***
— Dunyoda eng ko‘p ko‘zga tashlanadigan uchta so‘z qaysi?
— I love you?
— Topolmading.
— Unda qaysi?
— Made in China!
***
Jinni jinnidan so‘radi:
— Chap oyoqni o‘ng oyoqdan qanday ajratsa bo‘ladi?
— Chap oyoqdagi bosh barmoq o‘ng tomonda joylashgan.
***
Bir erkak xotinidan qutulishni istardi-yu, lekin qamalib ketishdan qo‘rqardi. Bir kuni dorixonada sotuvchi bo‘lib ishlaydigan do‘stidan so‘radi:
— Senda ichgan zahoti darhol o‘ldiradigan dori bormi? Xotinimni o‘ldirmoqchiman.
— Bor, lekin u doriga qo‘shiladigan modda Himolay tog‘larida bo‘ladi. Olib kelsang, tayyorlab berishim mumkin.
Erkak bir oy yo‘qolib ketib, o‘sha moddani topib keltirdi. Do‘sti uch soatdan so‘ng stolning yarmini egallaydigan bir dona dorini keltirdi.
— Xo‘sh, men shunday katta dorini qanday ichiraman?
— Yo‘li oson. Stol ustiga qo‘yasan. Xotining kelib stolga engashadi-da, «Voy, bu nima?» deya so‘raydi. Ana shu paytda dorini olib boshiga bir tushirasan.
***
— Xo‘sh, o‘g‘ling kim bo‘lmoqchi?
— Shaxsiy firma ochib, birdan boyib ketmoqchi.
— Muvaffaqiyatlari qalay?
— Zo‘r! Halitdan menga xuddi kambag‘al qarindoshiga qaragandek qaray boshladi.
***
Uy devori ortidan ovoz kelyapti:
— Nafas oling! Nafas olmang! Nafas chiqaring!
— Dada, oyim rentgenga tushyaptimi, nima balo?
— Yo‘q, oying mehmonlarga uydagi yangi idishlarni ko‘z-ko‘z qilyapti.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kunni kulgi bilan qarshilang!