Uzoq yillar oldin bir qishloqda to‘qson yoshli chol yashardi. Yo‘q, uni chol deb bo‘lmasdi. Yigitlarday bardam va o‘ktam edi. Uni ko‘rganlar, tanigan-tanimaganlar yosh ko‘rinishining siri nimada ekanini so‘rardi. Bunday paytlarda boboy mayin jilmayib qo‘yar, bir so‘z demasdi. Lekin so‘rovchilar ko‘payib borar, javob bermaslikning iloji tobora kamayardi. Axiyri, otaxon bu jumboqning yechimini aytishga qaror qildi.
Bir kuni bu sirga qiziquvchilarni mehmonga chaqirdi. Bundan xabar topganlar navqiron cholning uyiga daryoday oqib keldi. Katta ziyofat tashkil etildi. Taomlar yeyildi, sharbatlar ichildi, shirin suhbatlar qurildi. Biroq yoshlik siri haqida bir og‘iz ham so‘z aytilmadi.
O‘tirganlar osh-nonga emas, boboyning og‘ziga mahtal bo‘lib turgan bir paytda nuroniy otaxon kuymalanib yurgan kampirini chaqirib qoldi:
– Onasi, malol kelmasa, omborga kirib tarvuz olib chiqqin.
Choli kabi ochiq yuzli, farishtali bu kampir qilayotgan ishini shu zahoti tashladi, omborga yo‘l oldi. Zum o‘tmay bitta tarvuz ko‘tarib chiqdi. Boboy tarvuzni chertib ko‘rdi-da:
– Yo‘q, bu tarvuzing bo‘lmaydi, boshqasini opchiq. Seniyam ovora qildim-da, – dedi.
Onaxon bir og‘iz so‘z aytmay, yana ortiga qaytdi. Keyingi tarvuz ham boboyga yoqmadi:
– Yana ovora bo‘lasan-da endi, onasi. Bu tarvuz ham yaramaydi. Mehmonlarga eng yaxshisini so‘yib beraylik, tanlab olib chiq, – dedi u.
Bu holat yana davom etdi. Beshinchi qatnovda olib chiqilgan tarvuzgina boboyga ma’qul tushdi. Tarvuz so‘yilib, dasturxonga qo‘yildi. Yig‘ilganlar miriqib tarvuzxo‘rlik qilayotgan paytda otaxon so‘radi:
– Mening yoshligim siri mana shunda, bildilaringmi, qadrdonlar?
Hamma bir-biriga hayron bo‘lib qaradi. Hech kim hech narsa eshitmadi-ku.
– Yo‘q, otaxon, hech narsa anglamadik. Tushuntiribroq gapiring, – deyishdi mehmonlar.
Boboy kuldi:
– Obbo, azamatlar-yey, – dedi u, – sezmadilaringmi, ayolim har gal bir xil tarvuzni olib chiqdi. Omborda bittagina tarvuz bor edi, xolos. Men unga: “Bor, boshqasini olib chiq”, deganim zahoti omborga yugurdi. O‘sha tarvuzni qayta-qayta olib kelaverdi. Biror marta: “Ey inson, aqlingizni yeb qo‘yganmisiz?! O‘zi bittagina tarvuz bo‘lsa, nimaga meni yugurtiraverasiz”, deb norozilanmadi. Meni sizning oldingizda o‘ng‘aysiz holatga tushirmadi. Shu paytgacha sog‘, bardam va keng ko‘ngilli bo‘lib yurganim uchun xotinimdan qarzdorman. Biz bir-birimizni boshqalarning oldida hech qachon qiyin vaziyatga tushirmaymiz. Oila ichidagi hech bir gapni tashqariga chiqarmaymiz. Doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, dardimizni bo‘lishib, bir-birimizga ko‘maklashib kelganmiz. O‘zaro muammolarimizni bir-birimizga aytamiz, birga hal qilamiz. Yaxshi-yomon har qanday holatda birga bo‘lamiz.
Manba: www.erk.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi