
Mevalarning koni foyda ekanligini barchamiz juda ham yaxshi bilamiz. Ular kuch-quvvat, salomatlik, go’zallikni ta’minlash, shuningdek immun tizimini yaxshilash va ko’plab kasalliklarning oldini olishga ko’mak beradi.
Mevalarni erta tongda yegan ma’qul
Tong paytida inson tanasi imkon qadar ko’proq quvvat talab qiladi. Mevalar esa boshqa mahsulotlarga nisbatan organizm tomonidan tezroq hazm qilinadi va o’zlashtiriladi.
Mevalarni faqatgina och qoringa yeyish kerak
Dietologlar mevalarni taomlanib bo’lgandan 2-3 soat o’tib tanovul qilishni maslahat beradilar. Taomdan so’ng darhol iste’mol qilingan banan yoki olma kabi mevalar zum o’tmay jig’ildon qaynashi, qorin dam bo’lishi va yoqimsiz hisni yuzaga keltiradi. Buning boisi boshqa turdagi taomlar va meva takribidagi fermentlarning bir-biridan farqlanishidadir.
Yangi mevalar konservalangan mahsulotlardan bir necha bor foydaliroq
Har qanday turdagi termik ishlov berish jarayonida mevalar tarkibidagi foydali moddalarning ma’lum qismi yo’qoladi. Shu sababli o’ramli sharbat, sukat, murabbo va kompot emas, tabiiy va yangi uzilgan mevalarni iste’mol qilish lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar