13:08 / 15.01.2018
61 925

Faqat erkaklar o‘qisin: "Ayollarning kichik sirlari..."

Фақат эркаклар ўқисин: "Аёлларнинг кичик сирлари..."
Ayollar doim ham dilidagi tuyg‘ularini oshkora aytavermaydi, hurmatli erkaklar. Ularning tez qaror qabul qilishi-yu, hissiyotga beriluvchanligini oshkoralikka yo‘ysangiz, qattiq adashasiz. Quyida keltirib o‘tadigan ayrim sirlarimiz sizning ayolingizga bo‘lgan munosabatingizning yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
  • Ayollar erkaklardan qaror qabul qilishda doim birinchilik va faollikni kutishadi.
  • Ayollar tez-tez qilinadigan va kutilmagan sovg‘alarni xush ko‘rishadi.
  • Ular turmush o‘rtog‘iga o‘zidan ko‘ra boshqa ayol ko‘proq yoqishidan qo‘rqishadi hamda qattiq xavotirga tushishadi.
  • Begoyimlar erlarining hamisha samimiy va rostgo‘y bo‘lishini istashadi, masalan, choyxonada bo‘la turib, majlisdaman, deyishlarini emas.
  • Yaratganning mo‘’jizasi bilan ayollarga oltinchi tuyg‘u ham in’om etilgan bo‘lib, rafiqa erining xatti-harakatlari-yu yuz ifodasidan ham nima demoqchi ekanini bilib oladi.
  • Ayollar turmush o‘rtog‘ining do‘stlari bilan futbol ko‘rishi, choyxona va bazmlarga borishi, xullas, ulfatlar davrasida vaqt o‘tkazishiga aslo qarshi emas, biroq bu vaqt o‘tkazish uzoqqa cho‘zilib, o‘zlari e’tibordan chetda qolayotgandek tuyuladi. Shuning uchun ham doim «Bugun choyxonam bor», degan jumlani aytishdan avval ayolingizga befarq emasligingizni bildirib qo‘ysangiz, kifoya.
  • Ayollar shamollab qolsa, biror joyi og‘risa, hattoki tug‘ruq paytida ham eng avvalo turmush o‘rtog‘ining yordamini, qayg‘urishini va u bilan bo‘lishini kutishadi.

Bu keltirilgan sirlar barcha ayollarga tegishli deb aytolmaymiz, ammo sizning ayolingizga mos kelishiga ishonamiz. Balki, buni sinab ko‘rarsiz?..

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Faqat erkaklar o‘qisin: "Ayollarning kichik sirlari..."