Taqdirdan noligan emasman,
Taqdirning hukmida yashadim.
Men aniq bilaman. Men sevdim.
Men aniq bilaman. Yashnadim.
O‘ziga qul qilmadi hayot,
Menga uchqur qanot berdi u.
Ko‘nglim mening erkin va ozod,
Qanotlarim qudrati orzu.
Xotiralar qiynamas meni,
Baxtli onlarimdan darakdir.
Neki bo‘lsa, bari meniki,
Hayot ishonch to‘la yurakdir.
Manba: mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.