11:34 / 24.01.2018
13 176

«…Uni yo‘qotmaslik uchun xo‘p ro‘mol o‘ramayman, namoz o‘qimayman, xudoni sizga almashtirdim deb telegramda yozdim…»

«…Uni yo‘qotmaslik uchun xo‘p ro‘mol o‘ramayman, namoz o‘qimayman, xudoni sizga almashtirdim deb telegramda yozdim…»
Savol: Assalomu alaykum. Men oilali bo‘la turib bir erkakni sevib qoldim. U ham oilali. Unga ro‘mol o‘rab, namoz o‘qishim yoqmadi. Uni yo‘qotmaslik uchun xo‘p ro‘mol o‘ramayman, namoz o‘qimayman, xudoni sizga almashtirdim deb telegramda yozdim. U buni o‘qidi. Bir ozdan so‘ng o‘zimga kelib Ey Xudo tavba qildim, o‘zing kechir nima qilyapman deb yozganimni o‘chirdim. U bilan aloqani uzib tavba qilyapman. Bu qanday gunoh, men dindan chiqdimmi, murtadmanmi, shirk bo‘ldimi. Endi tavbam qabul qilinmaydimi. Nima qilay? Iltimos javob bering. Rahmat.

Javob: Va alaykum assalom! Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un! Siz juda ham katta jinoyat qilgansiz. Aslida nomahram bilan bunday gaplashish haromdir. Oilali bo‘la turib, bu ishni qilish harom ustiga yana xiyonatdir. Bir fosiqni deb ro‘mol va namozdan voz kechish gunohi kabiradir. “Xudoni sizga almashtirdim” deyish kufrdir. Agar shu holatda vafot etganingizda jannat sizga harom bo‘lar edi. Alloh sizga rahm qilib qilib umr beribdi. Siz tezda Alloh taologa astoydil tavba qiling. Bu jinoyatingiz uchun yig‘lang. Bu ishni aslo takrorlamang! Alloh rahmatidan umidvor bo‘ling!
O‘MI fatvo hay’ati.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «…Uni yo‘qotmaslik uchun xo‘p ro‘mol o‘ramayman, namoz o‘qimayman, xudoni sizga almashtirdim deb telegramda yozdim…»