Go‘shtni ko‘p iste’mol qiluvchilar o‘z sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin ekan. Nima uchun deysizmi? "Layfxaker" go‘shtning zarari haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.
Go‘sht saraton rivoji xavfini oshiradi
Inson uchun eng xavfli go‘sht - bu sut emizuvchilarning, masalan, mol va qo‘y go‘shti hisoblanadi. Ko‘p tadqiqotlarga ko‘ra, inson qancha ko‘p qizil go‘sht iste’mol qilsa, saratonning ba’zi turlari (masalan, ichak, oshqozon osti bezi va prostata saratoni) rivoji ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Qayta ishlangan go‘sht (tuzlangan, dudlangan, konservalangan) undan-da xavfli. Har 50 g qayta ishlangan go‘sht ichaklar saratoni rivojini 18 foizga oshiradi.
Agar go‘sht uzoq yoki yuqori haroratda tayyorlansa (tovada qovurilsa), kasallik orttirish imkoni yanada yuqori bo‘ladi. Bunday qayta ishlash jarayonida mahsulotda ko‘krak bezi, prostata, jigar, teri, o‘pka va boshqa organlar saratoni rivojiga olib keluvchi zararli moddalar hosil bo‘ladi.
Yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi
Go‘shtda transyog‘lar — yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi xavfli yog‘lar mavjud. Yog‘li go‘sht qovurilsa, uning yurakka ziyoni yanada kuchayadi. Qizil go‘sht iste’molini kuniga 70 g'gacha kamaytirilsa, salomatlikka zarar qilmaydi.
Go‘sht diabetni keltirib chiqarishi mumkin
Birinchi turdagi diabetning oldini olishning deyarli iloji yo‘q, lekin ikkinchi turdagi diabet rivoji ehtimolini pasaytirish mumkin. Vegetarianlar muntazam ravishda qizil go‘sht iste’mol qiluvchilarga nisbatan bu kasallikdan ikki karra kam aziyat chekishadi.
Buyraklar uchun ziyon
Diabet va yuqori qon bosimi buyrak yetishmovchiligiga ko‘p sabab bo‘ladi. Biroq go‘shtni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ham shunga olib kelishi mumkin, deya ishonch bildirishmoqda olimlar. Shunday bo‘lsa-da, sut va tuxum kabi mahsulotlarda bunday ta’sir kuzatilmaydi.
Ichak kasalliklariga sabab bo‘ladi
Qizil go‘sht divertikulit, ya’ni ichak shamollashi rivojiga ham o‘z "hissasi"ni qo‘shadi. Go‘shtxo‘rlarda diverkulit yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan 58 foizga yuqori bo‘ladi.
Go‘sht zararini qanday kamaytirish mumkin?
Me’yorida ovqatlanish
Qo‘rqib ketdingizmi? Vegetarianlar qatoriga qo‘shilishga shoshilmang. Ularning taomnomasi ham kamchiliklardan xoli emas. Agar haftasiga 500 g'dan ortiq bo‘lmagan tayyorlangan qizil go‘sht iste’mol qilinsa, saraton va boshqa kasalliklar rivoji xavfi u qadar oshmaydi.
Go‘shtning muayyan turlarini tanlang
Temir moddasi kamroq bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan parranda go‘shti va baliq iste’mol qilish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar qizil go‘sht yeyilsa, imkon qadar yog‘i kamrog‘ini iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir: bu ko‘pincha ikkinchi turdagi diabetni keltirib chiqaruvchi yurak xuruji va ortiqcha vazn xavfini kamaytiradi.
To‘g‘ri tayyorlang
Go‘shtni pechda pishirish, qaynatish yoki bug‘da tayyorlashga harakat qiling. Shunda u ko‘proq vitaminlarni o‘zida saqlab qoladi va zararli moddalar hosil bo‘lishiga olib kelmaydi.
Go‘sht mahsulotlaridan voz keching
Kolbasa, bekon, sosiskalar haqida mutlaqo unutganingiz yaxshi. Ularning deyarli hech qanday foydasi yo‘q, boz ustiga, bu mahsulotlarning hatto kichik porsiyalari ham saraton xavfini oshiradi. Gap shundaki, go‘shtni qayta ishlash jarayonida unda kanserogenlar, ya’ni hujayralarga ziyon yetkazadigan moddalar hosil bo‘ladi. Aynan shu narsa o‘simtalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...