105 yoshli shifokorning fikri: uzoq yashash uchun ko‘p yeb, kam uxlash kerak.
Uzoq umr ko‘ruvchilar
Yaponiya aholisi uzoq umr ko‘rish bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinda turar ekan. Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar yigirma mingdan oshdi. 40 yil ilgari esa uzoq umr ko‘ruvchilar soni barmoq bilan sanarli edi xolos, deb xabar beradi «Xabar.uz» nashri.
2017 yil 18 iyulda 105 yoshli shifokor Sieaki Xinoxara vafot etdi. U umrining oxirgi kunigacha shifoxonada ko‘rikka kelgan mijozlarni qabul qilgan. Shifokordan o‘limidan besh oy oldin yozilgan shaxsiy yondaftar qoldi. U shifokor sifatida o‘qib-o‘rganganlari evaziga uzoq yashash sirlarini bayon qilgan. Quyida uning «Uzoq yashash, yaxshi yashash» kitobidan olingan maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
«Xursandchilik qil»
Yapon shifokori barchani shodon yashashga undagan. Xursandchilik hissini tuyish to‘yib ovqatlanishdan ham, to‘yib uxlashdan ham, hatto dori-darmondan ham a’loroq. Yoshlikni eslang: yoshligimizda biron nimadan xursand bo‘lganimizda ovqat yeyishni ham unutardik, uxlashni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Ulg‘aygach ham bu instinktlar saqlanib qoladi.
«O‘rtacha ovqatlan»
Hech semiz yaponlarga ko‘zingiz tushganmi? Ha deysizmi? To‘g‘ri, sumo kurashida uchratgansiz. Ammo ular semirish uchun maxsus ovqatlanishadi. Ammo odatda yaponlar, ayniqsa, imperator oilasi vakillari kam tanovul qilishadi: bir finjon qahva va bir stakan apelsin sharbati bilan qanoatlanishadi. Tushlikda yengilgina tanovul qiladilar. Shifokorning fikricha, kechqurun sabzavotlar, guruch yoki baliqli taomlar yeyish kerak. Go‘shtni esa haftada ikki marta 100 grammdan iste’mol qilishni tavsiya etadi.
«Reja tuzish»
O‘tmishdagilarni unutish muhim. Hamma vaqt faqat oldinga intilish zarur. Rejalarni ko‘pincha yozib qo‘yish kerak, keyin esa takror-takror o‘qib turish kerak. Orzu qiling. Qancha ko‘p orzu qilsangiz, unga erishish oson bo‘ladi.
«Muloqot qil va bo‘lishishni bilish»
Sigeaki Xinoxara umrining so‘nggi davrida ham bir yilda 150 dan ortiq ma’ruza o‘qib turgan. Ularning har biri 1,5 soatdan kam bo‘lmagan. Uning fikricha, tinglovchilarning energiyasi ham unga quvvat bag‘ishlagan. Yolg‘iz qolmasdan, atrofdan yaxshi suhbatdosh topishga harakat qiling, ular bilan tajriba almashing. Shifokor hatto 105 yoshini yaqinlari davrasida ekzotik orolda nishonlagan.
«Yoshingiz haqida unutmang»
Faol hayot kechirish yoshlarning odatlarini takrorlash degani emas. Masalan, 80 yoshda breyk-dans raqsiga tushish bema’nilik. Yoshingizga yarasha qiliqlar qilmas ekansiz, o‘zingizni ham, yaqinlaringizni ham tashvish va uyatga qo‘yasiz.
«O‘zingga ishon — shifokorlarga emas»
Albatta, shifokorlarning aytganini qilish kerak. Ammo Sigeaki Xinoxaraning o‘zi ham yilda bir marta ko‘rikdan o‘tib, shifokor tavsiyasiga ehtiyotkorlik bilan amal qilgan. Shifokor sizga biron dorini yoki operatsiyani tavsiya qilgan bo‘lsa, undan albatta bir narsani so‘rashni unutmang! Ya’ni, siz ushbu dori yoki operatsiyani farzandlaringiz, ayolingiz yoki boshqa qarindoshlaringizga ham tavsiya qilgan bo‘larmidingiz? Shifokordan mo‘’jiza kutmang. Unga ishonib qolmang. Ba’zan tabiat bilan muloqot yoki bironta jonivorni sayr qildirish ko‘proq samara berishini unutmang.
«O‘zingni ayama!»
Dam olish kerak. Ammo juda maroqli dam olish kerak. Divanda yotib olib televizor ko‘rish o‘zingizga choh qazish bilan barobar. Sport maskanlarida ham vaqt o‘tkazish shart emas. Velosiped haydash, ko‘proq yurish va suzishning o‘zi kifoya. Xinoxaraning o‘zi hech qachon liftda ko‘tarilmagan, balki birdaniga ikkinchi zinaga, keyin to‘rtinchi zinaga qadam tashlashga odatlangan.
«Mutolaa»
Kitoblardan hikmat olish zarur. Uning shiori bor edi: «O‘z oldingga katta maqsad qo‘ya bilishing kerak. Agar sen doira chizmoqchi bo‘lsang, u shundayin katta bo‘lishi kerakki, uni chizish uchun umring yetmasin».
«Doim yaxshilarga intil»
Shifokorning bosh qahramoni uning otasi bo‘lgan. Keyinchalik esa boshqa shaxslarga havas qilgan. U doim qiyinchilikka tushganda ana o‘sha shaxslar qanday yo‘l tutgan bo‘lishardi deb o‘ylardi.
«Og‘riqni unut»
Yapon shifokorining fikricha, shifoxona tartib-taomillaridan tashqari, bemorlar terepiyasida asosan musiqa, teatr hamda jonivorlar muhim. Og‘riqni unutish uchun bemor albatta chalg‘ishi zarur.
«Haqiqiy baxtni kashf et»
Moddiyat ortidan quvish natijasida insonlar o‘z sog‘lig‘idan, vaqtidan ayriladi. Hammasidan muhimi shuki, muhabbat, g‘amxo‘rlik, rahm-shafqat tuyg‘usini unutmaslik zarur. Xinoxara bu borada bir dono insonning fikrini keltiradi: «Hech kim qachon so‘nggi kuni kelishini bilmaydi. Mol-dunyoni ortmoqlab ketishning ham hech iloji yo‘q».
«O‘zingni kamsitma»
Xinoxara asir tushib, uzoq vaqt tutqunlikda yashadi. Uning boshiga ne kunlarni solishmadi deysiz. Ammo u tirik qoldi. Bunga uning kuchliligi sabab bo‘ldi. Eng muhimi bajarayotgan ishingni maroq va quvonch bilan bajarishdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi