«Menga gapirma, sendan xafaman…» Biz ko‘pincha shunday ish tutamiz. Arazlaymiz, xafa bo‘lamiz.
Nima uchun? Chunki bizga shunisi qulay. Shu tariqa o‘z chegaralarimizni namoyon qilamiz.
Buning sababi-o‘ziga past baho berish va o‘zini seva olmaslik xislati.
Sizni ranjitganni eslab ko‘ring. Shu payt nimani his qildingiz? Uni kechirishga urinib ko‘rganmidingiz? Sizga ozor bergan insonni,ko‘zlaringizni «ochgani» uchun minnatdor bo‘lganingizdagina haqiqiy kechirimni his qilasiz. Agar qalbingizda hali ham og‘riqlar bo‘lsa, demak ozorlar unutilmagan. Keyinchalik esa, ushbu muhim hayotiy darsni yengib o‘tish uchun atrofingizda «dardi yaqinlarni» o‘zingizga jalb qila boshlaysiz.
Xafa bo‘lishga tayyorlarni xafa qilishadi.
Ko‘ngil tarafdan qaraganda araz – xafa bo‘lgan bilan dilozor orasidagi shartnomaday gap. Gina saqlagan odam ushbu munosabat orqali juda muhim nimanidir tushunib yetadi.
Araz bu – yoshlikdan meros bo‘lgan tashqi dunyoga ta’sir o‘tkazish usuli. Oilada kimdir shu yo‘l bilan maqsadiga erishgan. Va inson ongida, o‘zi anglamagan xolda shunday xulq atvor shakllana boradi.
Araz bu – «qurbon» usulidagi munosabat.
Xafa bo‘lib biz jabrdiyda rolini o‘ynaymiz, evaziga esa e’tibor va atrofdagilarning hamdardligiga erishamiz. Ularning achinishi evaziga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaymiz. Qancha ko‘p arazlasak, shuncha ko‘p o‘zimizni kerakli ekanimizga ishonch hosil qilamiz.
Arazlarning tanamizga qanday ta’siri bor?
Araz-gina qilgan odamni ichidan yemira boshlaydi. Oqibatda og‘ir xastalikka chalinishi mumkin. Dilozorni kechirib siz tanangizni og‘ir yukdan xolos etasiz. Buning uchun xafagarchilik bizga qanday naf keltirayotganini anglab yetishimiz va bu foydani o‘zimizga jabr qilmagan xolda boshqacha usullar bilan yaratishimiz mumkinligini bilishimiz zarur. Va albatta, o‘zgacha fikrlash va yangicha yashashni o‘rganishimiz darkor.
Unuting… Kechiring… Kechirimli bo‘ling.
Hayotingiz ginalar bilan yashash uchun naqadar qisqa ekanini tushunib yeting. Shunda qalbingizda ajib bir yengillikni his etasiz…
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi