18:43 / 28.01.2018
9 059

Kulguga nima yetsin (Xandalar)

Kulguga nima yetsin (Xandalar)
“Lasetti”da yurib, avtobusda yurishimga kulyapsanmi? Avtobusning narxi “Lasetti”nikidan necha baravar qimmatligini bilasanmi, o‘zi xumpar?!
***
— Bo‘riyev, bugun yozma ishni sherigingdan ko‘chirganingni ko‘rmayman, degan umiddaman.
— Men ham umid qilaman.
***
Bolam bilan o‘tirib turing, deyish — noto‘g‘ri. U bilan o‘ynash, yugurish, chopish, o‘tirishning sirayam iloji yo‘q.
***
Taqdirdan nolima, uyam sen bilan mazza qilmayotgandir?!
***
Dangasalik — oldindan dam olishga odatlanish.
***
— To‘rt oyoqli do‘stingiz bormi?

— Bor. Karavot
***
Qiz 18 yoshda bo‘lib, 30ta qishni ko‘rgandi…
***
Sensorli telefonlarni ko‘rishga ko‘zim yo‘q. Pashshalar tanishlarimga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yishyapti…
***
— Qani, bolajonlar, buvijonisiga kim nima ovqat buyuradi?!
— Buvijon, menga jingalak makaron pishirib bering?
***
Xotin eridan arazladi:
— Siz bilan hech qayoqqa bormayman.

— Unda nega yasanib, bo‘yanib olding?
— Siz bilan shunchalar chiroyli ayol hech qayoqqa bormaganini bilib qo‘yishingiz uchun!
***
— Otang poyafzal ta’mirlovchi-ku, nega botinkang yirtiq? — dashnom berdi Sobir do‘stiga.

— Nima bo‘pti? — jahli chiqdi do‘stining ham. — Dadang tish do‘xtiri bo‘lsayam, singlingni atigi 3ta tishi bor-ku?!
***
— Kecha bezorilar tutib olib, hamyonim, soatim va telefonimni olib qo‘yishdi.

— Boks chempioni medaling bor, shekilli?

— Ha, bor. Hayriyat, uni topisholmadi.
***
— Yaxshi qiz, sizga biror kishi “chiroylisiz” deb aytganmi?

— Yo‘q.

— Tavba, odamlar judayam rostgo‘y bo‘lib ketishgan-a?!
***
— Dada, toshbaqalar nega bunaqa sekin yurishadi?
— Ular 300 yil yashashadi. Shoshib nima qilishsin, hammasiga ulgurishadi.
***
Parhezdamisan? Unda shu qoidani unutma: “Qorning ochdimi, olma ye, olma yeging kelmayaptimi, demak, qorning ochmagan!”
***
Ayol — misoli teatr! Bugun — komediya, ertaga — tragediya, indiniga… gastrol safari!
***
Kamtarligim haqida soatlab gapirishim mumkin.
***
— Pul — tashvish!
— Bo‘lishi mumkin emas, tashvish bunaqa tez yo‘qolmaydi.
***
— Qo‘shni, musiqangizni o‘chiring, iltimos, uyimda mehmonlar bor edi…

— Nima mehmonlar, uyquga yotishyaptimi?

— Yo‘q, siznikiga raqs tushishga chiqamiz, deb qo‘yishmayapti.
***
Ikki yigit suhbatidan:
— Yaqinda bir oydan beri internetda yozishayotgan qizim bilan uchrashdim.

— Qalay ekan?
— Fotoshop ishlashdagi mahoratiga tan berdim!
***
Ayolga yoqishning eng arzon usuli — unga qimmatbaho sovg‘alar berish.
***
— Rostini ayting, dadasi, men o‘lsam, boshqa uylanasizmi?
— Xotirjam bo‘l, uylanmayman.

— Bo‘lishi mumkin emas!
— Bo‘lishi mumkin. Sendan yaxshisini topa olishim gumon… Senga o‘xshaganiga esa o‘zim uylanmayman!
Dildora NAZAROVA tayyorladi.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kulguga nima yetsin (Xandalar)