23 329
Munajjimlar bashorati: Hamal (21 mart – 20 aprel) burji vakillarini 2018 yilda nimalar kutmoqda?
Umumiy bashorat
2018 yil ham qator yutuq va quvonchlarni hadya qilgan "Tovuq" yili singari sizni xushnud etadi. Ushbu yil siz kutmagandan-da ziyoda sovg‘alarni hozirlab qo‘ygan. Anchadan buyon amalga oshishini istayotgan istaklaringiz ro‘yobi ham sovg‘alar ro‘yxatining eng oldi qatorlaridan o‘rin egallagan.
Raqiblaringiz bilan bemalol kuch sinashishingiz mumkin, boisi g‘alaba siz tomonda bo‘ladi. Biroq "ikki oyog‘ingizni bir etikka tiqib olib", haqligingizni qaysarlik bilan anglatmaganingiz ma’qul. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lsangiz, marra sizniki. Shundagina ishda nimalarga qodir ekaningizni ko‘rsatish uchun “yashil chiroq”lar faqatgina siz uchun yonadi. Ko‘pchilik "Hamal"lar hatto o‘z shaxsiy bizneslarini ham ochishadi. Hissiyotlarga berilmay, aql bilan ish tutsangiz, shaxsiy hayotda ham, daromad borasida ham omad kulib boqadi.
"Hamal"larga yil boshidanoq yuqori kayfiyat hamroh bo‘ladi. Ular karera “zinapoya”laridan ko‘tarilish va misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishish istagi bilan yonishadi. Mazkur burj sohiblari atrofida bo‘layotgan hodisalarga o‘z vaqtida real ko‘z bilan qarashda yordam beradigan odam bo‘lishi muhim. Boisi "Hamal"lar o‘z kuchlarini behuda sarflashdan tiyila olmaydi, oqibatda ko‘zlagan natijalariga erishish xayolligicha qoladi.
Kelajak uchun rejalaringizni aniq maqsad bilan belgilab olishni maslahat beramiz. Bordi-yu, bu masalani his-tuyg‘ularingizga ishonsangiz, kareradagi yuqori marralarni chamasi bir yilga unuting. Anglaganingizdek, dangasalikka berilmay, shijoatkor bo‘lishingiz tavsiya etiladi.
Yozgi mavsumda hech qanday muammolar sizni bezovta qilmaydi. Gohida ish yuzasidan o‘rnatilgan hamkorlik yuqori natija bermasligi mumkin. Biroq mablag‘ borasida o‘ylanmasangiz ham bo‘ladi. Boisi "It" yili sizni sariq chaqasiz qolgan hamyon xotiralariga oshno qilmaydi, aksincha 2018 yilni mamnuniyat bilan yodga oladigan bo‘lasiz. Moddiy ahvolingiz shu qadar barqaror bo‘ladiki, hatto Marsga uchishni ham orzu qila boshlaysiz. Bu mavsumda nafaqat tinimsiz mehnat qilganlar, balki sayohatga chiqishni anchadan buyon orzu qilayotgan "Hamal"lar ham niyatlari ro‘yobidan lazzatlanishadi.
Moliyaviy ahvolingizning barqarorligi istaklaringiz ro‘yxati kengayishiga sabab bo‘lsa, ajabmas. Boisi yoz mavsumida uyingizni kapital ta’mirdan chiqarish va yangi intererlar ustida bosh qotirishni boshlaysiz. Biroq unutmang, hayot yo‘llarida shaxtam, mag‘rurona odimlash uchun faqatgina havas qilgulik moliyaviy holat emas, balki maqsad sari intiluvchanlik ham muhim rol o‘ynaydi.
ShAXSIY HAYoT
Shaxsiy hayotda hammasi ko‘ngildagidek kechadi. Oila qurmagan "Hamal"lar sevgi "osmonida uchadi"lar va albatta ko‘nglidagidek insonni uchratishadi.
Juftingiz qanday mehrga ega ekanini anglash uchun sizdagi betakrorlik, joziba asqatadi. 2018 yilda "Hamal"lar g‘ayratli va hamma havas qiladigan oilaparvar bo‘lishadi.
Kuz mavsumiga yaqin juftingizning e’tiborini sog‘inib qolasiz. Boisi ular boshi bilan ishga sho‘ng‘ishadi. Bu munosabatlaringizning mustahkamligini sinovchi muddat bo‘ladi. Ayyorlikni ishga soladigan ayrim "Hamal"larni esa oilaviy nizolar va ayriliq kutmoqda.
Oila qurmagan "Hamal"larni yil boshidanoq romantik uchrashuvlar kutadi. Bu tanishuvlar mustahkam munosabatlar bilan baxtli yakun topadi. Yil boshida o‘z baxtini uchratmagan "Hamal"lar esa kuzgacha kutishlariga to‘g‘ri keladi. Sentyabr oyi juftingizni izlash uchun qulay va omadli fursat.
SALOMATLIK
"It" yili hatto eng kuchli "Hamal"larga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z vaqtida davolanmagan va bir qarashda arzimasdek tuyulgan kasallik yoz mavsumiga borib, qanchalik jiddiy ekanidan darak berib qoladi. Natijada surunkali tus olgan jiddiy xastalikni bartaraf etish uchun ko‘p kuch va mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, yo‘llarda diqqatli bo‘lishni maslahat beramiz. Boisi lat yeyish, jarohatlanish ehtimoli bo‘lishi mumkin. Salomatligingizga xavf tug‘ilishiga asosiy sabab – organizmingizda kalsiy yetishmasligi. Shu bois ko‘proq baliqning sardina turini, yong‘oq, mevalardan: anjir, malina, kivi, apelsin iste’mol qiling va ko‘proq suv iching. Yuqorida tilga olingan holatlarga duch kelmaslik uchun sog‘ligingiz borasida arzimasdek tuyulgan alomatlarni sezsangiz, uni zudlik bilan bartaraf qilishga kirishing.
KARERA
2018 yil karera borasida omad kulib boqadi. Maqsad sari dadil qadamlar ila odimlaysiz va hech nima sizni to‘xtata olmaydi. Yilning ikkinchi yarmida ishda o‘zingizni ko‘rsatish va jamoada yetakchilikni qo‘lga olish imkoni tug‘iladi. Mehnatlaringiz e’tiborsiz qolmaydi va mas’uliyatli vazifa bilan rag‘batlantirilasiz. Mazkur yo‘ldagi sinovlar oson kechmaydi, bundan barcha "Hamal"lar ham munosib o‘ta olishmaydi. Bunga qo‘polliklari sabab bo‘ladi.
Yutuqlaringizdan havolanishingiz natijasida nafaqat lavozimingiz, balki ishingizdan ham ayrilishingiz ehtimoli bor.
AYoL "HAMAL"LAR
2018 yil ayol “Hamal”lar uchun quvonchli onlarni va’da qilmoqda. Oddiy bo‘lmagan fe’l-atvoringizga qaramay, hayotiy prinsiplaringiz to‘g‘ri va mukamalligiga hammani ishontira olasiz.
Erkaklarga xos fe’l-atvorga ega oila qurmagan hamallarga bahorning o‘rtalarida taqdirning tuhfasi bor. Sizni nazokatli “hamal”ga aylanishingizga sabab bo‘ladigan qarshi jins vakilini uchratasiz. Ularning qatiyati, aniq maqsadlari sizni shu qadar maftun etadiki, ko‘ngil hotirjamligida bosh qo‘yishga ishonchli yelka va mustahkam qo‘rg‘on topilganiga amin bo‘lasiz. Shaxsiy munosabatlarda osoyishtalik hukm sura boshlagach, ko‘nglingiz tusagan mashg‘ulotlar va sevimli ishingiz bilan shug‘ullana boshlaysiz. Yilning ikkinchi yarmida yangi mehmon oilangizni xursand qilishi mumkin.
ERKAK “HAMAL”LAR UChUN
2018 yil erkak “Hamal”lar uchun oson kechadi, deb bo‘lmaydi. Boisi ko‘zlagan natijangizga erishishingiz uchun yaxshigina ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi.Biznes va hayotda jiddiy tanishuvlarni chetlab o‘tishni maslahat beramiz. Yo‘qsa, bu munosabatlar ishingizning rivoji va oilangiz tinchini buzadi. Kuzga yaqin biznesmen “Hamal”lar investitsiya yordamida daromadlarini ko‘paytirishi mumkin.
Amalga oshirayotgan barcha ishingizda omad yor bo‘ladi va yil so‘nggida mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Biroq yil oxirida mablag‘ bilan hal etadigan majburiyatlaringiz ham yig‘ilib qolgan bo‘ladi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi