Ota-onam bevaqt qazo qilgach, ukam ikkimizni tog‘amiz Mehribonlik uyiga topshirgan ekan. Ular bizdan tez-tez xabar olib turar, doimo yaxshi o‘qishimizni tayinlardi. Har safar bizga albatta kitoblar olib kelardi. Ukam ikkimiz shunday tog‘amiz borligidan suyunardik. Kitoblarimizni boshqa bolalar ham qo‘lma-qo‘l qilib, o‘qib chiqardi.
Yoshim ulg‘aygach, Mehribonlik uyi bilan xayrlashib, kollejda o‘qidim, so‘ng universitetni imtiyozli diplomga tugatdim. O‘z mutaxassisligim bo‘yicha nufuzli tashkilotda xizmat qila boshladim. Shu paytda Nilufar ismli qiz bilan tanishib qoldim. U bilan sirdosh dugona bo‘lib ketdik, muhimi, bir-birimizni so‘zsiz tushunardik. U Mehribonlik uyida tarbiyalanganim, hayotimdagi har bir voqeadan xabardor edi. O‘zi ham sirlarini ishonib aytar, menga yaqin insondek munosabatda bo‘lardi.
Bir kuni Nilufar “Sizdek kelinoyim bo‘lishini juda-juda xohlayman”, deb qoldi va meni akasiga kelin qilish niyatida ekanini aytdi. Yigit bilan tanishib, bir-birimizga ma’qul bo‘ldik. Sovchilar kelishdi, tog‘am to‘yga rozilik berdi.
Shu orada yigitning xolasi bo‘lg‘usi qaynanamga “Kelib-kelib yolg‘iz o‘g‘lingizga yetim qizni ravo ko‘rasizmi? Shu qizni kelin qilib avlodimizni isnodga qo‘yasiz-ku”, debdi.
Bir kuni Nilufar ishga xafa holda kirib keldi. Undan shu xabarni eshitib, badanimdan muzdek ter chiqib ketdi. Akasiga qo‘ng‘iroq qilsam, ko‘nglimni ko‘tarish o‘rniga, indamay turaverdi. Nilufar esa meni tinchlantirib, hammasi yaxshi bo‘lishini aytib ko‘nglimni ko‘tardi. Menga “Nega mening baxtim uchun aynan uylanadigan yigit emas, singlisi kurashishi, kerak?” degan o‘y tinchlik bermay qo‘ydi…
Bu gapdan xabar topgan tog‘am “Hozirdan gap-so‘z qilgan ayol to‘ydan keyin jiyanimning ko‘zini ochirmaydi” deb, to‘nini teskari kiyib oldi. Bu orada qaynanam kelib vaziyatni yumshatishga urindi, uzrini so‘radi. Ammo yigitdan na bir sas, na bir sado chiqdi. O‘z taqdiriga bunchalar befarq qarovchi inson bilan hayot yo‘llarimni bog‘lashni ham, o‘rtadagi rishtani uzishni ham bilmay qoldim.
Sabina, Toshkent shahri.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi