23 636
Munajjimlar bashorati: Savr (21 aprel – 21 may) burji vakillarini 2018 yilda nimalar kutmoqda?
Umumiy bashorat
2018 yil “Savr”lar uchun ko‘plab qiziqarli lahzalarni tayyorlagan, lekin bu burj vakillari birinchi navbatda o‘z salomatligiga e’tibor qaratishlari lozim. Chunki sog‘liq yil boshidanoq pand berishi mumkin. Tanaga kelgan ushbu “ogohlik chaqiruvi”ga jiddiy qaralmasa, kasallik oyoqda yurib, o‘tkazilsa, tez orada shifoxona eshigini izlab qolish hech gapmas.
Davolanishni keyinga qoldirish shunchaki o‘tib ketmaydi, kuch-quvvat to‘plash uchun anchagina mablag‘ ham sarflashga to‘g‘ri keladi. “Savr”larga ish va dam olish rejasini puxta tuzib olishni, kuchlarini behudaga sarflamaslikni, har narsaga ham asabiylashmaslikni, ko‘proq to‘yib uxlashni maslahat beramiz.
“Savr”lar uchun birinchi o‘rinda albatta, oila turadi. Bu burj vakillari oila rishtalarini mustahkamlashni eplaydi. Xonadonida ham qulay sharoit yaratib qo‘yadi. Oila, xonadon ular uchun qo‘rg‘on, tayanch, jisman va ruhan dam oladigan tinch bandargoh kabidir. “Savr”lar o‘jar, qaysar bo‘lsalar ham, xonadonini yaxshilash uchun kuchini ayamaydi. Oilada yaxshi turmush o‘rtoq bo‘la oladi. Shu bilan birga, juftlaridan ham shuni talab qiladi. Sevimli yori uchun har qanday eksperimentlarga tayyor turadigan “Savr”lar ularni doim hayratlantirishga, xursand qilishga, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga intiladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bu burj vakillarida ajralishlar kam bo‘lar ekan. Ular uchun yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi, zarur bo‘lganda beriladigan do‘stona maslahatlari juda muhim.
Yoz kelishi bilan yangi moliyaviy harakatlar evaziga hayotlarini yaxshilab olishga imkon bo‘ladi. Qo‘shimcha daromad kelishi bilan xorijga sayohatga otlanishlari mumkin. Uncha yaqin bo‘lmagan odamlarga qarz bermaganingiz ma’qul. Aks holda uni qaytarib olish juda qiyin bo‘lishini unutmang! Yil davomida moliyaviy o‘sish va pasayishlar bo‘lib turadi.
Karerada natijaga erishish uchun “Savr”lar ko‘proq mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi.
“Savr”larning san’at asarlariga, chiroyli buyumlarga, go‘zallikka mehri o‘zgacha. Shu sababdan ular orasida dizaynerlar, san’atshunoslar, kolleksionerlar ko‘proq yetishib chiqadi. Uylaridan ham qadimiy san’at namunalarini topish mumkin.
ShAXSIY XAYoT
“Savr”lar tabiatan o‘ta qiziqqon bo‘ladi. Ular ba’zan ahmoqona ishlarga ham qo‘l urishlari mumkin. His-tuyg‘ular jiloviga tushib qolmaslikni, uning o‘rniga aqlga tayanib ish ko‘rishni maslahat beramiz.
2018 yilda “Savr”lar o‘z ustida qattiq ishlaydi, fe’lida yaxshi tomonga o‘zgarishlar bo‘ladi, ya’ni ular e’tiborli, muloyim, xushmuomala odamga aylanadi. Muhabbat bobida ham jiddiy va davomli munosabatlarni istab qoladi. Bu esa yangi hamrohlarini o‘ziga maftun etadi. Erta bahorda yuz beradigan yangi tanishuv tezda muhabbatga aylanadi.
Yangi yosh oilalar farzandli bo‘lish xushxabarini eshitadi. “Savr”lar yaxshi ota-ona, ular bolalariga qattiq bog‘langan bo‘ladi.
Shu bilan birga, kuzga borib, “Savr”lar chuqur depressiyaga tushishi mumkin. Bunday paytda ularga yaqin qarindoshlari yordam beradi. Xafagarchilik ularning ko‘nglida chuqur asorat qoldiradi. Kuchli asabiylashish sog‘ligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Yil oxirida “Savr”larni yana yangi tanishuvlar kutmoqda. Albatta, “Savr”lar endi unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi, chunki bir marta og‘zi kuyganlari bo‘lishi mumkin.
SALOMATLIK
2018 yil salomatlik borasida zararli odatlari bo‘lmagan, to‘g‘ri ovqatlanadigan, sport bilan shug‘ullanadigan burj vakillarinigina xursand qiladi. Agar vaziyat aksincha bo‘lsa, demak sog‘likka jiddiy e’tibor berish vaqti keldi. Organizmdagi kichik muammoni ham pisand qilmaslik kasallikka olib keladi, uni davolash esa qiyin kechadi. Birinchi zarbani yurak olishi mumkin. Ko‘krakda og‘riq sezilishi bilan davolanishga kirishing.
Tishlaringizga ham e’tibor qarating. Ular bilan jiddiy muammo bo‘lmasa-da, shunchaki shifokor ko‘rigidan o‘tib qo‘ying.
KARERA
“Savr”lar haqiqiy mehnatkashlardir. Ular orasida ishyoqmaslar kam topiladi. Ushbu burj ostida tug‘ilganlar berilgan vazifani vaqtida bajarish uchun tunlari uxlamay chiqishlari mumkin. Bu ularning ishga mas’uliyat bilan yondashishlaridan darak beradi.
“Savr”lar 2018 yilda ishda baland marralarni egallagisi keladi. Bu uchun qattiq mehnat qiladi, moliyaviy ahvolini yaxshilashga urinadi. Burj vakillari o‘ta mehnatkash, juda mas’uliyatli va tartiblidir. Shuning uchun ularning mehnati rahbariyat tomonidan munosib baholanadi. Ular yuqori lavozimga intilmaydi, ularga o‘rtacha rahbarlik yetarli. “Savr”lar qo‘shimcha vazifalarni bajarishdan qochmaydi. Yil so‘nggida ularni yanada nufuzliroq va maoshi yuqori boshqa ish taklifi kutmoqda. Yangi ish yangi yashash joyiga ko‘chishga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, “Savr”lar ishxonada, jamoat joylarida doim chiroyli ko‘rinishda bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Ba’zan qimmat kiyimlarni sotib olishga qurbi yetmasa-da, tashqi ko‘rinishi benuqson bo‘lishiga harakat qiladi, ust-boshi va poyabzallarini ozoda tutadi.
AYoL "SAVR"LAR UChUN
“It” yili ayol “Savr”lar uchun omadli o‘tadi. Ular nihoyat o‘z qallig‘ini uchratishadi. Avvaliga u hayotida qanday rol o‘ynashi tushunarsiz bo‘ladi, lekin munosabatlar uzoqqa cho‘ziladi. Yangi sevgi-muhabbat va do‘stona munosabatlardan ayol “Savr”lar o‘zlarini ko‘klarga parvoz qilayotgan qushdek his qilishadi.
Qishga yaqin oilali “Savr”lar oila va farzandlariga e’tiborli bo‘lishadi. Ba’zilari hatto ishdan bo‘shab bo‘lsa-da, oilasiga e’tibor qaratishadi. Bundan esa oila yanada mustahkam bo‘ladi.
ERKAK “SAVR”LAR UChUN
Erkak “Savr”lar 2018 yilda sog‘ligiga e’tibor qaratishi tavsiya qilinadi.
Yilning ikkinchi yarmida burj vakillarining moliyaviy ahvoli biroz yomonlashishi mumkin. Bu ularning shoshqaloqligi oqibatida yuz beradi. Moliyaviy tanglik atrofdagi insonlar bilan munosabatlarga ham salbiy ta’sir qiladi.
Erkak “Savr”larning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — ularning ishonchli ekanidir, ya’ni ularga ishonish mumkin. Ushbu burj vakillari, shuningdek, hamma ishda tartibni xush ko‘radilar. Ular butun hayotini orzusidagi muhit va sharoitni nafaqat o‘zi uchun, balki yaqinlari, oilasi uchun yaratishga sarflashlari ham mumkin.
Shuningdek, ular biroz dunyoparast bo‘ladi. Karerada ham, shaxsiy hayotda ham doim biror narsaning evaziga haq olishga urinadi. Erkak “Savr”lar qiziqqon va jur’atlidir. Biror ishni boshlashsa, iroda bilan uni oxiriga yetkazadi. Ular boshqalardan yordam kutmaydi. Faqat o‘zlariga va kuchiga tayanadi. Lekin agar ishning natijasi moddiy daromad olib kelmasa, oxiriga yetkazishlari amrimahol.
Erkak “Savr”larning kuchli jihatlari: ishonchlilik, sabrlilik, mehnatkashlik, oilaparvarlikdir.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar