Bu bola faqat sinf emas, butun maktab bo‘yicha eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchining jahlini chiqargan narsa ham shu: o‘zi nima ahvolda-yu, “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida yetti betli insho yozibdi. Yonida ilova-chizmasi ham bor – yilqichilikka mo‘ljallangan kattakon ferma. Insho “0” baho bilan egasiga qaytdi. Bola hayron bo‘ldi. Dars tugagach, o‘qituvchining oldiga kirib, nega bunday baho qo‘yganini so‘radi. “Yozganlaring yoshingga to‘g‘ri kelmaydi. Holingga qarab orzu qilsang bo‘lmaydimi? Sen o‘ylayotgan ferma uchun katta mablag‘ kerak. Oldin yer sotib olish zarur, keyin otlar, yem-xashak... Xullas, xom xayollaringni qo‘yib, inshoni boshqatdan yoz”.
Bola xafa bo‘lib uyiga qaytdi. Uzoq o‘ylanib o‘tirdi. Ertasiga esa yozganlarini eski holatda o‘qituvchisiga olib bordi: “Siz bahongizni o‘zgartirmang, men esa orzularimni...”
Yillar o‘tdi. Endi nafaqaga chiqqan o‘qituvchi kattakon yilqichilik fermasiga hayratlangancha qarab turar, ichkarida bir paytlar orzulari uchun “0” baho olgan sobiq o‘quvchisi hashamatli uyda o‘tirardi. Ro‘parasidagi devorda, kamin ustida esa inshoga ilova qilingan yilqichilik fermasining ramkaga solingan chizmasi bor edi...
Odina Vahobova tayyorladi.
Manba: irfon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi