17 768
Munajjimlar bashorati: JAVZO (22 may – 21 iyun) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?
Umumiy bashorat
Javzo burji ostida tavallud topgan insonlarning asosiy xarakterlaridan biri — ularning o‘zgaruvchanligi va ikki taraflamaligidir.
Burj vakillari chaqqon bo‘lgani uchun bir vaqtning o‘zida bir necha yumushlarni bajara olish, bir necha tillarni bilish qobiliyatiga ega. Biroq shunga qaramay, ular beqarorligi sababli ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Kayfiyatiga qarab ish joyini, yashash joyini, kiyinish uslubini va hatto yaqinlarini ham o‘zgartirib olaveradi.
“Javzo” vakillari tashqi ko‘rinish jihatidan yoqimtoy bo‘lishadi, samimiyligi va kirishimliligi bois tez-tez yangi tanishlar orttiradi, odamlar bilan oson muloqotga kirishadi, lekin yaqin do‘stlari kam bo‘ladi. Chunki “Javzo”larning noodatiy xususiyati bor, bu ularning har joyda “men haqman”, deyishlaridir. Ular har qanday vaziyatga fikr bildirganda o‘zlarining haqligini uqtirishadi va bunga boshqalarni ishontira olishadi ham.
Ko‘p hollarda “Javzo”lar butun olamga qarshi chiqish istagida bo‘ladi, barcha tartib-qoidalarni, mavjud taomillarni rad etadi, jamoalarda bu haqda nutq so‘zlashlari mumkin. Lekin biroz vaqt o‘tgach, aytgan so‘zidan qaytadi.
“Javzo”larning salbiy jihati sifatida ularning “pashshadan fil yasash”ga moyilligini aytish mumkin. Bundan tashqari, burj vakillari nozik hisli, salga xafa bo‘luvchi hamda xudbindirlar. Taqdirga tan berib, yo‘lida davom etmasliklari ham mumkin. Beqarorlik burj sohiblarini birdan xursand bo‘lishga va birdan g‘amga botishiga majbur qiladi. Biroq bu uzoqqa cho‘zilmaydi.
“It” yili “Javzo”lar uchun unumli keladi. Yil boshida o‘zlarini yangi bir sohada ham sinab ko‘rishadi.Ularga ko‘proq ijodiy sohalar ma’qul. Yangi sohada hatto mo‘may pul ishlab olishlari mumkin. Bu burj vakillariga katta jamoalarda ishlash qiyinchilik tug‘diradi. Ular vazifalarni yolg‘izlikda bajarishni ma’qul ko‘radilar. Agar ularning ishlarida qandaydir muammolar paydo bo‘lsa, shunchalik chuqur depressiyaga tushib qoladiki, undan chiqishi juda qiyin bo‘ladi.
Yilning ikkinchi yarmida “Javzo”larni yangi tanishuv kutmoqda. Bu oila qurishga ham sabab bo‘ladi. Shuningdek, bu vaqtda salomatlik haqida o‘ylash kerak, garchi bu sizni ko‘p bezovta qilmasa ham. Kasallik belgilari ochiq bo‘lmasa-da, ichkaridan asta-sekin kuchayib borishi mumkin.
Mutaxassislar yo‘l harakati qoidalariga ham amal qilishni tavsiya qilib, biror shikast yoki jarohat olishdan ogohlantiradi.
ShAXSIY XAYoT
“Javzo”lar romantik tabiatli va ma’nan boy kishilardir. Ularga yaqin do‘stlarining doimiy e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi muhim. Agar bunday odam yonida bo‘lmasa, ular atrofidan darrov hamdard topish harakatiga tushadi.
Oilali “Javzo”lar turmush o‘rtoqlari bilan munosabatlariga rang-baranglik kiritishga urinadi. Orada tushunmovchiliklar ham bo‘ladi, lekin bu ajrashishgacha olib bormaydi.
Yilning ikkinchi yarmida “Javzo”larni yangilik kutyapti: bu yo farzandli bo‘lish yo uzoq kutilgan to‘y bo‘lishi mumkin. Yolg‘iz “Javzo”lar esa juft izlab “ov”ga chiqadi. Ular betakrorligi bilan boshqalarning nazaridan chetda qolmaydi.
Kuz oylarida “Javzo”larda birdaniga ko‘p pul topish istagi tug‘iladi. Bu istak yo‘lida sevimli, yaqin insonlarini ham xafa qilib qo‘yishlari mumkin. Ma’lum vaqt karmoni pulga to‘ladi, biroq ko‘ngli to‘lmaydi. Qalbida bo‘shliqni sezgach, yana diliga yaqin insonlarining oldiga qaytib boradi.
SALOMATLIK
Kelayotgan yilda o‘z turmush tarzingizni ko‘zdan kechirish, uni tartibga solish tavsiya etiladi. Zararli odatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish sog‘liqqa ziyon yetkazishi va natijada shifoxonaga tushib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini olib borishni qat’iy ta’kidlaymiz.
Sport bilan shug‘ullaning, suzish havzalariga boring, erta tongda yuguring, toza havoda ko‘proq sayr qiling va albatta, to‘g‘ri ovqatlaning. Yog‘li, xamir taomlardan voz kechib, ko‘proq meva, sarxil salatlar va tabiiy sharbatlar iste’mol qiling. Ruhiy holatingizni ham tartibga soling. Go‘zallik salonlari, shoping, sayohatlarga boring.
KARERA
“Javzo”lar miya faolligi bilan ajralib turadi, bu orqali ular karerada katta natijalarga erishishlari mumkin, ammo ulardagi o‘zgaruvchanlik bunga xalaqit qiladi.
Burj vakillari harakatchan bo‘lgani bois ularni o‘z uyidan yoki bir joydan topish qiyin kechadi, chunki ular bir joyda tinch o‘tirolmaydi yo biror ish bilan band yoki yangi g‘oyalar ustida ishlayotgan bo‘ladi.
Karera bobida “It” yili “Javzo”lar uchun omadli keladi. Ular yuqori lavozimlarni egallashlari mumkin. Biroq asosiy maqsadi mansab kursisi emas, balki ko‘proq pul topish bo‘ladi. O‘yxayolida qayerdan qanday qilib ko‘proq daromad olish bo‘ladi.
AYoL "JAVZO"LAR UChUN
Ayol “Javzo”lar 2018 yilda atrofga o‘ta tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Hatto birovlarning kamchiliklari ustidan mazax qilishgacha boradi. Ularning bu xattiharakatlari o‘ziga bino qo‘yganlik, deb baholanadi. Shu xudbinliklariga qaramay, erkaklarni maftun eta oladi. Ularni o‘zining “o‘rgimchak to‘ri”ga oson ilintira oladi.
Yoz faslida aksariyat burj vakilalari hayotida nimanidir o‘zgartirishni xohlab qoladi. O‘zgarishlarni ishidan boshlaydi, o‘zini isloh qilish bilan yakunlaydi. Tashqi ko‘rinishida o‘zgarish qiladi.
Ayol “Javzo”lar noz-karashma qilishni yaxshi ko‘radi, sevgan insoniga chiroyli muomala qilishni, ko‘nglini olishni eplaydi. Ulardan ajoyib uy bekasi chiqishi mumkin, biroq ulardagi o‘zgaruvchanlik pand beradi.
ERKAK “JAVZO”LAR UChUN
Yangi yilda erkak “Javzo”larga astrologlar o‘z so‘zida qat’iy bo‘lishni, o‘ylab gapirishni maslahat berishmoqda. O‘ylamay gapirilgan, qo‘pol iboralar ishni, oilani, yaqin insonlarni yo‘qotib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin. Hammasi o‘z qo‘lingizda.
Kuz oylari o‘rtalarida yangi va qiziqarli tanishuv kutilmoqda. Qayd etish kerak, siz u uchun kurashishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin agar muhabbatingiz javobsiz qolsa, qattiq kuyinmang.
Erkak “Javzo”lardan yaxshi oila boshlig‘i chiqadi, ammo xuddi nozik jins vakilalari kabi ularda ham fe’l-atvoridagi o‘ta o‘zgaruvchanlik, beqarorlik ko‘pincha bunga yo‘l bermaydi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi