Hamal
Mazkur haftada juftingiz bilan o‘zaro bir-biringizni tushunish va munosabatlaringizni yanada yaxshilash yo‘llarini izlashingizga to‘g‘ri keladi. Haftaning birinchi yarmida shu ish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz ayni muddao. Juftingizni quvontiradigan sovg‘alar xarid qilishingiz yoki kechki taomni ikkalangizga ham yoqadigan restoranda tanovul qilishingiz mumkin. Ishxonada esa omad siz tomonda. Rahbariyatning sizga bo‘lgan ishonchi ortadi.
Savr
Oilangizdagi kattalar bilan munosabatlarda burchakka turadigan vaziyatlar yuz berishi mumkin. Shuning uchun izzatingizni bilib, ularning ham hurmatini qiling. Hozir o‘tgan gap-so‘zlarni hisob-kitob qiladigan vaqt emas. Moddiy masalalar deb yaqinlaringiz bilan tortishmang. Boshi ochiq burj vakillarining aynan shunday yig‘inlarda baxti kulib qolishi mumkin.
Javzo
Ko‘pchilik bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Ish va shaxsiy masalalar bo‘yicha sizni suhbatlar kutmoqda. Albatta o‘ylab gapirsangiz, hammasi silliq kechadi. Hushyor bo‘lishingiz ham lozim. Ishlaringiz ko‘paygani sabab yugur-yugurlar orasida nimanidir qayerdadir unutib qoldirishingiz ehtimoli ham bor. Hafta o‘rtasida moddiy masalalaringiz juda chiroyli yechim topadi. Kutilmagan daromadingizni salomatlingizni tiklashga sarflasangiz yaxshi bo‘lardi.
Saraton
Pul bilan bog‘liq muammolar oldingizga ko‘ndalang turishi mumkin. Sababi siz kutgandek daromad ko‘rmaysiz ko‘zlaganlaringizdan. Shu sabab ham rejalashtirgan xaridlaringizni biroz keyinroqqa surib turganingiz ma’qul. Pulingizni tejab ishlatsangiz, hammasi joyiga tushib ketadi. Dam olish kunlari kayfiyatingiz ko‘tariladi. Yaqinlaringizning mehr-muhabbatini qadrlang. Pul topiladigan narsa, uni deb doim tushkun kayfiyatda yurish yaramaydi.
Asad
Hozir shunday kayfiyatdasizki, atrofingizdagilar bilan munosabatlarni ko‘zdan kechirayapsiz. Ular bilan o‘rnatgan rishtalaringiz haqda bosh qotirasiz. Bunday vaziyatda qaltis so‘zlarni tilga olishdan ehtiyot bo‘ling. Munosabatlarga putur yetib qolishi mumkin. Ish borasida esa yangi loyihaga qo‘l urasiz. Shunday ekan, boshqalarning siz haqingizdagi fikrlariga vaqt sarflamasdan, o‘z ishingizni yo‘lga qo‘yasiz. Natijada yaxshigina daromad ham ko‘rasiz.
Sunbula
Hafta avvalida o‘zingizni yolg‘iz his qilasiz. Iloji boricha yolg‘iz qolmaslikka harakat qiling. Bo‘lmasa yomon xotiralarga berilib battar tushkunlikka tushasiz. Yaxshisi, ko‘pchilik bilan muloqot qilishga urining. Yangi tanishlar orttirish imkoni tug‘ilishi mumkin. Samimiy suhbatlar ko‘nglingizni ko‘taradi. Yuzingiz kulib tursa, yaxshi insonlar sizning suhbatingizga shoshiladi. Hafta yakunida madaniy hordiq chiqarishni tavsiya etamiz.
Mezon
Do‘stlaringiz bilan munosabatlarda tushunmovchiliklar yuz berishi mumkin. Hissiyotga berilmasdan bosiqlik bilan muomala qiling. Shovqin-suronlardan uzoqroq yuring. Iloji boricha o‘z ustingizda ishlang. Ayniqsa mutaxassisligingiz bo‘yicha. Chunki hafta yakunida yaxshigina taklif bo‘lishi kutilmoqda. Bu jamoada obro‘yingiz va mansabingiz oshishiga ham xizmat qiladi. Agar salomatligingizda biror muammo kuzatilsa, shifokorga uchrashishni orqaga surmang.
Aqrab
Hayotingizda muhim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Birinchidan, ishingizda yangi topshiriq olasiz, uning uddasidan chiqsangiz, mukofotlanishingiz, munosib taqdirlanishingiz mumkin. Ikkinchidan, oila a’zolaringiz bilan ko‘pdan buyon kutayotgan rejalaringiz amalga oshadi. Bunda ularning qo‘llab-quvvatlovi sizga asqotadi. Faqat ish va shaxsiy hayotga birdek vaqt ajrata olsangiz, ikki tomonda ham omadingiz kuladi.
Qavs
Siz sayohatga chiqishingiz kerak. Yoki ko‘pdan buyon bormagan manzillaringizga boring. Yo‘lda sizni qiynayotgan savollar borasida yaxshilab mulohaza qilib olishingiz mumkin. Talabalar yoki ota-onalar o‘quv ishlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilib olishlari kerak. Yil boshida ta’lim olishga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi. Sizning o‘zingizni baxtli his qilishingizga nimalar xalaqit qilayapti, ulardan xalos bo‘lishga urina boshlaysiz.
Jadiy
O‘zingizni, salomatlingizni, hamyoningizni himoya qiling. Mavsumiy kasalliklarga chalinmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘ring. Pulni behudaga sarflamang. Ortiqcha gap-so‘zlarga bosh qo‘shmang. Shunda xotirjam bo‘lasiz. Oilali burj vakillariga umr yo‘ldoshidan mehrini qizg‘anmaslikni tavsiya etamiz. Balkim birga sayrga chiqarsizlar, chiroyli, manzarali joylarni tomosha qilarsizlar. Hujjatlar bilan bog‘liq savollarga haftaning o‘rtasida oydinlik kiritib oling.
Dalv
Rahbariyat yoki turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtangizda gap qochib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda ko‘p ham asabiylashmasdan, ikkinchi tomondan xato izlamasdan, sal kengroq bo‘ling. Iloji boricha o‘zingizni qo‘lga oling. Uzr so‘rashingiz talab etilsa, ko‘p ham buni ortga surmang. Immunetetingizni mustahkamlasangiz, ko‘p kasalliklardan himoyalanasiz. Dangasalik qilmasdan, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga qunt qiling.
Hut
Salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Bunga ovqatlanish tartibingiz buzilgani sabab bo‘ladi. Taomnomangizdan yarim tayyor mahsulotlarni cheklang. Iloji boricha tabiiy, vitaminga boy ne’matlardan bahramand bo‘ling. Hamkabslar bilan xushmuomala bo‘ling. Turmush qurish arafasidagi burj vakillari ayni paytda muhim qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Kattalarning fikriga ham quloq soling.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»