Umidim so‘nmaydi, orzu qilaman,
Bir kuni sening-la baxtli bo‘laman.
Faqat sening ila shodon kulaman,
Men seni hali ham yaxshi ko‘raman!
Ishonmasang menga, so‘ra Quyoshdan,
Axir qalbingga nur sochib turaman.
Ko‘ylak kiyib olib, metin bardoshdan,
Men seni hali ham yaxshi ko‘raman!
Armonlar dushmanim, yo‘latmayman hech,
Fisqu fasodlardan yuzim buraman.
Qalbimda yuz ochar suyanchim ilinj,
Men seni hali ham yaxshi ko‘raman!
— Qish… Poklik fasli! Lekin men uchun qandaydir zerikarli. Balki bu mening kayfiyatimga hamohangdir. Qish bo‘lgandan keyin gupillab-gupillab laylak qor yog‘sa-da! Judayam sog‘indim qorni… Nainki men, butun borliq qorni sog‘ingan.
Qor haqida o‘ylayman-u o‘sha o‘ylarim orasida sen paydo bo‘lasan. Yuzimda mayin jilmayish zohir bo‘ladi-yu, xayol ummoniga sho‘ng‘iyman. Sen bilan birgalikda qorbo‘ron o‘ynaganimiz, Qorbobo yasaganimiz yodimga tushadi… Bugun esa sensizman. Yuragim ham bo‘m-bo‘sh. Lekin hali ham xayolimda sen! Hayotim sensiz o‘tayotgani uchun qishning oppoq, beg‘ubor kunlari-da menga tatimaydi, bari menga zerikarli ko‘rinaveradi, ko‘rinaveradi…
LAYLO
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»