— Biz ota-onalarimizning kelishuvi asosida turmush qurdik. Qaynonam — ammam. U meni bolaligimdan «kelin» deb erkalar va o‘g‘liga ham: «Qachon uylansang ham, mana shu jiyanimga uylanasan», deya ta’kidlardi. Nihoyat, ana shu kun keldi. To‘yimiz dabdaba bilan o‘tkazildi. Ammam va ota-onam bundan juda xursand bo‘lishdi.
To‘g‘risini aytsam, men ham baxtiyor edim, chunki ammamni yaxshi ko‘rardim. Doimiy borib yurgan joyimga kelin bo‘lib tushayotgandim. Yana bolaligimdan ammamga kelin bo‘lishim qulog‘imga quyilgani uchun taqdirim Akbarga bog‘liqligiga ishonib, uni ham yoqtirib qolgandim.
Akbar akam esa baxtiyorga o‘xshamasdi. To‘y kuni ham, to‘ydan keyingi marosimlarda ham qovog‘i ochilmadi. Onasining «Senga nima bo‘ldi, tinchlikmi?» degan savoliga «Shunchaki, charchadim», deya javob berardi.
Xullas, hammasi keyinroq ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, bir kuni erimning telefonda gaplashayotganini eshitib qoldim. «Azizam, men seni yaxshi ko‘raman. Hech qachon sendan voz kechmayman. Qizimiz haqi, menga ishon. Onam otasizligimni bildirmay, yolg‘iz o‘zi katta qilgan. Onamni deb to‘yga rozilik berdim. Vaqti kelsin, onam bilan Shahnozaga tushuntiraman», derdi u.
Ishonsangiz, boshqa gaplar qulog‘imga kirmadi. Boshimda birgina o‘y aylanardi: «Ko‘ngli boshqada bo‘lsa-da, onasini deb to‘yimizga rozi bo‘lgan ekan, endi nima bo‘ladi? Qizimiz haqi, dedimi? Qizi bor ekan, nima uchun bu haqda to‘ydan oldin menga hech narsa demadi?» Ana shu savollar girdobida o‘tirarkanman, hech kimga hech narsa deyolmasligimdan ezildim. Erim meni sevmaydi, ammo ammamga bu gapni aytib bo‘lmaydi, chunki buni uning yuragi ko‘tarmaydi. Maslahat bering, nima qilay?
ShAHNOZA
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin