Isroillik olimlar insonning kayfiyati husnixatga qanday ta’sir qilishini va bundan hissiy o‘zgarishlarni aniqlashda foydalanish usulini topdi. BU haqda Daryo nashri xabar berdi.
Tadqiqotda 62 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Ular uch guruhga ajratilgan. Olimlar guruhlarning har birida aniq bir kayfiyatni shakllantirishga harakat qilgan: ijobiy, salbiy, neytral. Keyin tajribadan o‘tayotganlardan ivrit matninng xatboshisini yozish so‘ralgan, husnixatdagi mayda o‘zgarishlarni kuzatish uchun kompyuterlashtirilgan tizim qo‘llanilgan.
Tadqiqot uchta guruhda turli husnixat borligini ko‘rsatgan. Salbiy kayfiyatdagilar ijobiy yoki neytral kayfiyatdagilarga qaraganda tezroq va harflarni kichikroq enlikda yozgan.
Xulosaga ko‘ra, salbiy kayfiyat miyaga kognitiv yuklamani yuzaga keltiradi va bu husnixatdagi o‘zgarishga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi