“Sajda” so‘zi aslida “o‘zini past tutish”, “egilish”, “xotirjam bo‘lish” ma’nolarini anglatadi.
Sajda bandaning Alloh taologa muhtojligini, kamtarligini izhor etishning eng yuqori nuqtasidir. Chunki inson sajdada eng sharafli, aziz a’zosi bo‘lmish boshini yerga qo‘yadi. Odatda, sajda qilganda peshona tuproqqa tegadi, chang bo‘ladi. Mana shu holat qalb tavozesi, Alloh uchun xushu qilganlik belgisidir. Shuning uchun banda sajdada Allohga juda yaqin bo‘ladi. Agar zohiriy sajdaga qalb sajdasi ham qo‘shilsa, nur ustiga nurdir.
Mutakabbir mushriklar Alloh uchun sajda qilishni xushlamasdi. Hatto ayrimlari: “Men sajda qilishni yomon ko‘raman. Chunki sajda qilsam, ostim boshimdan tepada bo‘lib qoladi”, deb aytardi. Yana ba’zi mushriklar qo‘liga bir siqim tuproq olib, peshonasiga tekkizar, “Mana shu men uchun kifoya qiladi”, derdi. Iblis ham Odam alayhissalomga sajda qilishdan bo‘yin tovlagani sabab la’natga uchragan. Chunki u Alloh tuproqdan yaratgan inson zotiga bosh egishdan kibr qilgan, Parvardigori amriga itoat etmagan. Kim kibrni yengib, Rabbiga ixlos-la sajda qilsa, Unga yaqinlashadi.
Qur’oni karimda aytilishicha, osmonlar va yerdagi barcha jonivorlar, farishtalar kibrlanmagan holda Allohga sajda qiladilar (Nahl, 49). Ulardan farqli o‘laroq, hazrati inson Alloh taolo uchun o‘z ixtiyori bilan peshonasini yerga qo‘yadi. Buning evaziga ulug‘ ajr-mukofotlar oladi.
Shuningdek, ikki sajda o‘rtasida, tashahhudda qo‘llarni tizzaga qo‘yib o‘tirish bandaning Allohga itoatgo‘yligini, kamtarligini bildiradi.
Ziyovuddin RAHIM tayyorladi
Manba: Irfon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi