HAMAL
Taqdir sizga kulib boqmoqda. Hafta boshidagi romantik uchrashuv katta taassurotlar uyg‘otadi. Agar sevgan insoningiz yoningizda bo‘lsa, u sizga biror “syurpriz” hozirlamoqda. Dam olish kunlari yaqin kishilaringiz mehmonga kelishadi. Qarindoshlaringiz sizdan biron masalada yordam so‘rasab rad etmang, imkon qadar yordam bering. Kun kelib, o‘zingiz ham ularning ko‘magiga muhtoj bo‘lishingiz mumkin.
SAVR
Hafta boshida oilaviy munosabatlardan ko‘nglingiz ancha xotirjam bo‘ladi. Farzandlaringiz yoki biror yaqin insoningizdan xushxabar eshitasiz. Hafta o‘rtalariga borib esa vaziyat biroz o‘zgaradi. Siz ayrim sohalarda haqligingizni isbotlab berishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin haqiqat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi, u albatta qaror topadi. Bu vaziyatdan so‘ng jamoada hurmatingiz yanada oshadi.
JAVZO
Garchi o‘z kuchingizga ishonsangiz-da, atrofdagilarning yordamini rad etmang. Hafta boshi ish yuzasidan hamkorliklar uchun juda samarali. Ko‘zlagan maqsadingizga tez erishasiz. Hafta o‘rtasida esa qandaydir muhim daqiqalarni o‘tkazib yuborganingizdan ranjisangiz, sizni kutib turgan quvonchli lahzalar buning o‘rnini bosib ketadi. Farzandlaringiznikezi kelganda munosib rag‘batlantirishni ham unutmang!
SARATON
O‘tmishda siz yo‘l qo‘ygan hafsalasizlik va dangasalik sababli ayrim kichik muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bundan esa asablaringiz taranglashishi aniq. Endi vaziyatdan chiqib ketish uchun ter to‘kib mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Hafta yakunida sizni esa maroqli hordiq kutmoqda. Yaxshi dam mehnatga hamdam, deganlaridek hordiq onlari unumli ish haftasini boshlashingizga turtki bo‘ladi.
ASAD
Bu haftada ichki sezgi va hissiyotlaringiz ancha faollashadi. Lekin atrofingizdagilar sizning so‘zlaringiz va harakatlaringizga to‘g‘ri baho bera olishmaydi. Siz ham hammasini o‘z holiga qo‘yib qo‘ying. Fikrlaringizni juda zarur vaziyatlar uchun saqlang. Dam olish kunlari esa juda foydali takliflar tushadi. Ular esa moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SUNBULA
Oilaviy munosabatlarda hammasi ajoyib tus oladi. Sizni oldinda yaqin kishilarnigiz bilan juda quvonchli va yoqimli lahzalar qarshi oladi. Ishda esa avvalgidan ko‘proq mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Yangi topshiriqlarni bajarish uchun ancha vaqt sarflaysiz. Mashaqqatingiz esa munosib tarzda rag‘batlantiriladi. Pul mukofoti yoki mansab pillapoyasida ko‘tarilish sizni kutmoqda.
MEZON
Siz uchun haftaning birinchi yarmi biroz ko‘ngilsiz boshlanishi mumkin. Hech qanday muhim qarorlar qabul qilmaslikni maslahat beramiz. Bu vaziyat asablaringizni toliqtirishi mumkin. Lekin sabr bilan kutishingizga to‘g‘ri keladi. Hammasi vaqt o‘tishi bilan izga tushib ketadi. Oilangiz bilan tabiat bag‘rida dam olishga chiqish yoki boshqa viloyatlarga sayohat qilish tavsiya etiladi.
AQRAB
Juda ko‘p yangi g‘oya va fikrlaringiz bor. Lekin ularni amalga oshirishga shoshilmaganingiz ma’qul. Oxirigacha puxta o‘ylab harakat qilmasangiz, biror natijaga erishishingiz qiyin. Asta-sekin harakat qilaversangiz, rejalaringiz ro‘yobga chiqqanini sezmay qolasiz. Salomatligingiz haqida ham qayg‘urish tavsiya etiladi. Immunitetingizni oshirsangiz, mavsumiy kasalliklar sizni chetlab o‘tadi.
QAVS
O‘zingizni avvalgidan ko‘ra ancha yolg‘iz his eta boshlaysiz. Shuning uchun ham barcha muhim qarorlarni yolg‘iz o‘zingiz qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Eng muhimi, tushkunlikka tushmasdan, faqat olg‘a harakat qilsangiz, barcha dovonlarni yengib o‘tasiz. Farzandlaringizga yetarlicha e’tibor bering. Ular hozirda sizning mehringizga har doimgidan ham muhtoj bo‘lishi mumkin.
JADIY
Yaqin insoningiz bilan munosabatlaringizda kelishmovchiliklarga yuzaga kelishi mumkin. Hafta boshidagi baxs-munozaralardan so‘ng jiddiy o‘yga tolasiz. Hattoki, hammasiga nuqta qo‘yish darajasidagi jiddiy qarorga kelishingiz ham mumkin. Yangi tanishuvlarga esa shoshilmang. Siz o‘zingizga yaqin olganlaringiz aslida sizga do‘st bo‘lmasligi mumkin. Ikkiyuzlamachi insonlar nayrangiga uchmang.
DALV
Hafta boshida zarur qarorlar qabul qilishingiz talab etiladi. To‘g‘ri qaror sizni ish borasida ham, oilaviy munosabatlarda ham muvaffaqiyat sari yo‘llaydi. Dam olish kunlari ota-onangizni yoki yaqin qarindoshlarni yo‘qlab, bir olam mehr-muhabbat his etasiz.
Daromadingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Ko‘pdan beri rejalashtirayotgan xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.
HUT
Hafta boshidanoq o‘zingizni jiddiy ishlarga ruhan tayoyrligingizni his etasiz. Siz hozir biror natijaga erishish uchun har qanday ishlarni amalga oshirishga tayyorsiz. Omad va sevgi bu hafta siz tomonda. Juftingizga e’tiborliroq bo‘ling. Muhim sanalarni doimo yodda tuting. O‘ziga xos bayram va kechalar tashkillashtirish, munosabatlaringizni ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi