16:47 / 19.02.2018
8 338

Haddingizdan oshmang erkaklar

Haddingizdan oshmang erkaklar
Qo‘rqoq avval musht ko‘tarar deydilar,
Do‘q-po‘pisangiz jonga tegdi, erkaklar!
Ichib kelib, halovatim yeydigan,
Er qurg‘ur ham boshim egdi, erkaklar.

Dovyuragu burgutqarash arslonim,
Muhabbat ham bo‘lib qolmish ertaklar.
Duo qilib o‘tayotir har onim-
Ichmay keling, jondan aziz erkaklar.

Sovg‘a qilay o‘sha kamzul-shimingiz,
Biz unaqa shim kiymaymiz, erkaklar.
Soch o‘stirib, sirg‘a taqib kimingiz,
Yurganingiz biz «ko‘rmaymiz», erkaklar.

Uzun ko‘ylak kiyib, ro‘mol o‘rasam,
Chopon toping, axir sizku erkaklar!
Belingizda bitta belbog‘ ko‘rmasam,
Tortishaman, bilasizku, erkaklar!!!

Avval o‘zligingiz bilib olingiz,
Qo‘lga aroq emas, Qur’on olingiz,
Ayolning noziyu-iffati to‘la,
Chiroyi-husniga nazar solingiz.

Biz Zuhrolar avlodimiz, Tohir orzu qilgandek,
Qadr degan kiyimda-yu soch-soqol, ziynatdamas.
«Er» ataning ahli ayol “erkak“ deya bilgandek,
Muhabbat qalb qo‘rimda, soxtalik-qimmatdamas.
Alimbetova Muslima

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haddingizdan oshmang erkaklar