
Savol:
Assalomu alaykum! Bo‘ydoqman, namoz o‘qiyman, yoshim 27 da. Bugun tushimda oq tasbeh ko‘rdim, o‘zimda qora tasbehim bor. Buni ma’nosi bormi yoki oddiy tushmi?
Bir amakimning o‘g‘li tushida buvisini ko‘ribdi. Buvisi o‘g‘lim namoz o‘qigin, deb aytibdi. Shuning bilan uylanmagan bola namoz o‘qishni boshladi.
Umuman tushga nega unday narsalar kiradi? Tushuntirib bersangizlar.
Javob:
Ibni Sirinning "Ta’birnoma" kitoblarida kelishicha tushda tasbeh ko‘rish soliha ayol yoki halol tirikchilikka dalolat qiladi.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar