20 624
Munajjimlar bashorati: MЕZON (24 sentyabr – 21 oktyabr) burji vakillarini 2018 yilda nimalar kutmoqda?
Umumiy bashorat
Mezon burjida tug‘ilganlarning ramziy ajralib turadigan jihati, bu — ushbu burjning biror jonzod bilan bog‘liq emasligidir.
Mezon burjida tug‘ilgan insonlarning tashqi ko‘rinishi yoqimli, jozibali bo‘ladi, bu bilan boshqalarni o‘ziga qarata oladi.
“Mezon”larga o‘ta harakatchanlik, epchillik, topqirlik, tashabbuskorlik, xushchaqchaqlik xosdir. Biroq ularga ushbu xususiyatlarini saqlab qolishlari uchun yonida doim hamrohi bo‘lishi talab etiladi. Hamroh ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda, xavf-xatarlardan himoya qilishda ko‘mak berishlari kerak. Shuning uchun “Mezon”larning qirralari yonida jufti bo‘lgandagina ochiladi.
Mezon vakillari uchun birinchi uchrashuv, birinchisuhbat, birinchi taassurot ahamiyatli. Ularning keyingi xulosalarida ilk taassurotlar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Garchi bu doim ham o‘zini oqlamasa-da...
Kelgusi yilda “Mezon”larning oliy maqsadi o‘zining moddiy ta’minotini, turmush sharoitini yaxshilash bo‘ladi. Buning uchun esa moliyaviy erkinlikka ega bo‘lish muhim. Ba’zan haddan ziyod ishga ko‘milib ishlash oilada tushunmovchiliklarni, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarida sovuqlikni keltirib chiqarishi mumkin.
“Mezon”lar ko‘p hollarda qarama-qarshiliklarning ishtirokchisiga aylanib qoladi. Ular jahli chiqsa hissiyotlarini jilovlay olmasligi, bu bilan yaqin insonini xafa qilishi va hatto u bilan aloqani uzishi mumkin. Agar bu holat yuz bersa, ko‘proq ishga berilishni, o‘zini ijodiy ishlarga bag‘ishlashni tavsiya etamiz. Sevimli xobbi yoki qiziqishlarni hayotda amalga oshirish uchun pul sarflansa, u yaqin orada ijobiy natijalarni bera boshlaydi.
Burj vakillari ko‘proq daromad topishlari uchun tavakkal qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Yoz faslida o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatishlariga imkon bo‘ladi. Bu esa nazardan chetda qolmaydi, eski tanishlar bilan yana aloqa tiklash ehtimoli ham bor.
Qish kelishi bilan “Mezon”larni teri, ko‘z kasalliklari bezovta qilishi mumkin. Shifokorlarga borishni keyinga qoldirmang, aks holda davolanish uzoq cho‘ziladi.
Uncha yaqin tanish bo‘lmagan odamlarga qarz bermaslikni yoki shubhali ishlarga pul tikmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Zero, aldanib qolish yoki pullardan ayrilib qolish ehtimoli bor.
SHAXSIY XAYOT
Oiladagi bir xillik “Mezon”larni zeriktirib qo‘yishi mumkin. Ular sermuhabbatliligi, ishq-muhabbati qaynab turishi sababli oilada ham sarguzashtlarni izlashadi. Zerikarli hayot tarzi ularni qoniqtirmaydi, burj vakillari ulfatlar bilan o‘tadigan gap-gashtaklarni, turli bayramu bazmlarni xush ko‘rishadi.
“Mezon”lar yaxshi, ishonchli do‘st bo‘la oladi. Do‘stlari uchun har narsaga tayyor bo‘lishadi, biroq kamdan-kam haqiqiy baxtiyorlikni his qiladi. Yonidagi jufti ularni tushunadigan, boricha qabul qiladigan, kamchiliklariga ko‘z yumadigan bo‘lsagina qalb xotirjamligiga erisha oladi.
Muhabbat bobida kelasi yil sarguzashtli boshlanadi. Ularning juftlari doim yonida bo‘ladi va har ishida qo‘llab-quvvatlaydi. Ular sevimli bo‘ladi va o‘zlari ham sevgiga javob qaytaradi. Oilali burch vakillari oilani yanada mustahkamlashga e’tibor qaratadi. Yolg‘iz “Mezon”lar esa o‘z juftlarini uchratadi. Ularning tanishuvi tezda oila rishtalari bilan bog‘lanadi.
Biroq ayrim “Mezon”lar juft tanlashda o‘ta injiq bo‘lishadi. Agar nomzodda bitta bo‘lsa ham talablariga to‘g‘ri kelmaydigan jihatni ko‘rishsa, voz kechib qo‘yadi. Ularga o‘zlariga o‘xshash, lekin ishonchli va sabrli nomzodlar ma’qul keladi. Lekin har biriga injiqlik bilan qarab, maydalashaversa, yolg‘izligicha qolib ketishi ham mumkin.
SALOMATLIK
“Mezon”lar “It” yilida ishga ko‘milib qoladi. Shu bois dam olishga vaqti yetishmaydi. Bu esa organizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Charchoq, stress, yurak xuruji va hazm qilish tizimida bezovtaliklar bo‘ladi. Tez-tez stressga tushish qon bosimining oshishi va tushishiga, immunitet pasayishiga olib keladi. Malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tishni, yaxshilab hordiq chiqarishni maslahat beramiz.
KARYERA
“Mezon”lardan yaxshi o‘rinbosar va yordamchi chiqadi. Ular jamoada ishlashni xush ko‘radi, yolg‘izlikda ishlay olmaydi, yakka o‘zi muvaffaqiyatlarga erisholmasligi mumkin.
“Mezon”lar orasida shoirlar, adabiyotshunoslar, umuman iqtidorli kishilar ko‘proq yetishib chiqadi. Lekin bunda ham ularning yonida ilhom baxsh etib turuvchi biror hamroh bo‘lishi shart. Ularning yordami bilangina maqsadlariga erisha oladi.
Burj vakillari kuchli diplomat ham bo‘ladi. Shu bois har qanday kishi bilan tez til topishib ketadi, ko‘nglini oladi, o‘zaro murosa qiladi. Ular doim boshqalarga xayrixoh bo‘ladi, doim kimnidir sevib yuradi, bahs-munozaralardan, janjallardan qochadi, eng mushkul damlarda ham kelishuvga erisha oladi.
2018 yilda karyera bobida oq va qora chiziqlar kabi o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi ish bilan bog‘liq. O‘z xizmat vakolatidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish ishdan ayrilib qolishga olib keladi.
Tadbirkor va ijodkor “Mezon”larning esa ishi baroridan keladi. Yaxshigina daromadga ham ega bo‘lishadi.bo‘ladi.
AYOL “MЕZON”LAR UCHUN
Kelayotgan yilda ayol “Mezon”lar kuchli, qat’iyatli bo‘lishdan charchab, o‘zlarini himoyasiz sezishni, birov unga tayanch bo‘lishini istab qolishadi. Bunday tayanch bo‘la oladigan insonni ular bahorning o‘rtalarida uchratishadi. Ma’lum muddat u odam “Mezon”larning ishonchini oqlamaydi va o‘rtada tushunmovchiliklar kelib chiqadi. “Mezon”larning ishonchini yana tiklash esa juda qiyin bo‘ladi.
Yozga kelib tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga kirishadi. Bunda go‘zallik salonlariga borish, sog‘lom ovqatlanish, mashq zallariga borish tavsiya etiladi.
Tashqi go‘zallik yil oxiriga borib e’tiborga tushadi va ularni ajoyib uchrashuv kutadi.
ERKAK “MЕZON”LAR UCHUN
Erkak “Mezon”lar yangi yilda ishga ko‘milib qoladi. Bunda g‘ayrat bilan ishlab raqobatchilariga yo‘l bermaydi. Albatta kichik xatolar bo‘lib turadi, lekin katta hajmda qilingan ishlar soyasida ular e’tiborni tortmaydi.
Yilning ikkinchi yarmida erkak “Mezon”larning yuqori lavozimga ko‘tarilishi hamda oylik maoshining oshishi kutilmoqda. Buning natijasida avtomobil yoki uy sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi