16:10 / 24.02.2018
6 020

“Yuragimda sening isming bor”

“Yuragimda sening isming bor”
Muhabbat hayotingga hech qanday so‘roqsiz kirib keladi, deganlari rost ekan. Menda shu haqiqat yana bir karra o‘z tasdig‘ini topdi. Qalbimni sevgi gullari bezadi.

O‘sha chiroyli qaro ko‘zlaringga to‘qnashgan olovli nigoh yuragimga ishq titroqlarini hadya etdi.

Dildora, seni o‘zimdan ortiq sevaman!.. Hayotda borligimning asosiy sababisan, gulim! Tunu kun seni o‘ylab, sog‘inchlaring asiriga aylandim. Umrimning har lahzasida, har nafasimda sening gulgun chehrangni ko‘rsam deyman.

Tuyg‘ularimdan xabaring bor. Axir ko‘zlarim buni yashirolmaydi. Sen bila turib, meni diydor baxtidan mahrum etmoqchi bo‘laverasan-bo‘laverasan. Nima qilay yurakka buyruq berib bo‘lmasa?! Bu o‘jar ko‘nglim har soniya sening ismingni takrorlab, ishq o‘tini yanada kuchli yoqmoqda. Sen bunday azoblarga dosh berolmasliging aniq. Telba oshig‘ing esa qalbiga tashrif buyurgan buyuk ishqning barcha jabru sitamlariga, shu bilan birga shirin azoblariga ham rozi.

Yuragimda faqat sening isming bor. U yer sening makoning…

Dilim pora sevgi zarbidan,
Intizorman yo‘llaring kutib.
Lekin yurak ishq ozoridan
Dardlar chekar alamlar yutib.
Olib ketgin hijron zahridan,
Rahm ayla, avayla dilim,
Azob berma, azizam, gulim!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Yuragimda sening isming bor”