00:10 / 01.03.2018
9 799

“Men haligacha uylanmaganman. Buning sababi sehr bo‘lishidan qo‘rqyapman”

"Мен ҳалигача уйланмаганман. Бунинг сабаби сеҳр бўлишидан қўрқяпман"
Sehrdan saqlovchi zikr va duolarda matonat ko‘rsatish


Savol: Sayyidimiz suyukli Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning siyratlarini o‘rganib bildikki, ul zotga sehr qilingan. Sehr tugunlarini Allohning amri ila farishta Jabroil (alayhissalom) yechgan. Biz ham Allohga yaqinlashish, sehr va ko‘zdan saqlanish uchun virdlar o‘qishga buyurilganmiz. Savolim quyidagicha: inson Alloh buyurgan yo‘lda yursa qanday qilib unga sehr ta’sir etishi mumkin? Men haligacha uylanmaganman. Buning sababi sehr bo‘lishidan qo‘rqyapman. Yana, Alloh bilguvchi.

Javob: Avvalo, “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sehrlanganlar”, deyish to‘g‘ri emas. “Yahudiylarning Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) nisbatan sehr ishlatish harakatlari amalga oshgan. Ammo bu urinish natija bermagan”, deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Shu o‘rinda aytamizki, kim Alloh taologa iltijo qilishda bardavom bo‘lsa, maxsus zikr va virdlarni o‘qishda matonat ko‘rsatsa, Alloh taolo uni sehr ta’siridan saqlaydi. Shundan ikkinchi savolingizning javobini bilib olavering.
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Men haligacha uylanmaganman. Buning sababi sehr bo‘lishidan qo‘rqyapman”