22:46 / 05.03.2018
9 570

Munajjimlar bashorati: 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz uchun ancha murakkab kun bo‘ladi. Agar yo‘lingizda duch keladigan to‘siqlardan bardosh bilan o‘ta olsangiz, ko‘zlangan ezgu maqsadingizga albatta yetasiz. Aksi bo‘lsa, peshona-da, boshqa kunlardan umid qilishdan bo‘lak chorangiz qolmaydi. Asosiysi, har bir masalaga mukammal reja tuzgan holda yondashing. Shaxsiy hayotda ham quvontirishga arziydigan voqealar ko‘zga tashlanmaydi. Juftingiz yetakchilikni o‘z qo‘liga olganiga guvoh bo‘lishingiz bilan kayfiyatingiz tushishi mumkin. Na iloj? O‘zingiz qachonlardir shunday bo‘lishini xohlagandingiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 martda boshingizdan shunday bir vaziyatni kechirasizki, bu yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin qo‘rqmang, bu nari borsa, ma’naviy yo‘qotish bo‘lib chiqadi. Ishxonada o‘z vazifangizga jiddiy munosabatda bo‘ling. Aks holda rahbaringiz mukofotdan mahrum etgani yetmay, maoshingizning yarmini ham qirqib tashlashi kutilmoqda. Agar shovqin ko‘tarish, rashk, prinsipiallikdan voz kechsangiz, muhabbatda omadingiz keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingizni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kayfiyatingiz bahoriy ko‘rinishda bo‘ladi. Shuning natijasida bo‘lib o‘tayotgan hodisalarga tiyrak nazar bilan boqa boshlaysiz. Ruhiy holatingiz tez-tez yomon tarafga o‘zgarib borishi mumkin. Depressiyaga tushib qolishni xohlamasangiz, bu muammoning yechimini toping. Juda bo‘lmasa, juftingizdan yordam so‘rang. Sevsa albatta yordam beradi. Moliyaviy jihatdan yaqin do‘stingiz yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin. Aytishlaricha, uning o‘zi ham bir paytlar sizning holatingizda bo‘lib ko‘rgan ekan.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 mart kuni yaqinlaringizga yomonlik qilib qo‘ymaslik, ular ranjiydigan gaplarni gapirib qo‘ymaslik uchun o‘zingizni qo‘lga ola bilishingiz kerak. Fikrlaringizni o‘zingizga nisbatan yoshi ulug‘, tajribali shaxslar fikridan yuqori qo‘ymang. Juftingizning o‘tmishini kovlashtirish, rashk qilishdan saqlaning. Moddiy masalada hech kim sizning yo‘lingizni to‘sa olmaydi. Yuz foiz muvaffaqiyatga erishasiz. Ayniqsa, kechki payt ishxonangizda mukofot berilishi sizni juda quvontirishi tayin. Omadingizni bersin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun mas’uliyatli, to‘g‘riso‘z bo‘lishingiz har jabhada sizga yordam berishi mumkin. Bu rahbarlaringiz zimmangizga yuklagan yangi vazifalarni ado etishda namoyon bo‘ladi. Ishxonangizdagi yumushlar bilan bog‘liq bir necha sinovlar yo‘lingizda ko‘ndalang turishi kutiladi. Xudoning bunday sinovlarini bajonidil qabul qilishingiz va Yaratganga shukronalar aytishingiz kerak. Muhabbatda mustaqil bo‘lishga zinhor harakat qila ko‘rmang. Bu ishingiz juftingizga yoqib tushmasligi aniq.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 martda birinchi navbatda qiladigan ishingiz pulni tejab ishlatishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu masalani aslo unutib qo‘ymang. Yo‘qsa, kechga qadar kissangiz qurib qolishi turgan gap. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda ko‘ngilsizliklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Juda bo‘lmaganda, kamroq muloqot qiling. Balki shu narsa orangizdagi munosabatga putur yetkazmas. Qo‘llab ko‘ring. Hech narsa yo‘qotmaysiz. Kechqurun ovqatni tanlab-tanlab iste’mol qilishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalabdanoq tushkun kayfiyatingiz sababchisi pul va yana pul bo‘lib chiqishi kutiladi. Agar tushkun kayfiyat domiga tushmay desangiz, pul bilan bog‘liq rejalarni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazing. Yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf eting. Ro‘zg‘or ikir-chikirlarini hisobga olmasa, juftingiz bilan munosabatlaringizga qora bulutlar rahna solmaydi. Atrofdagilar bilan muloqotda ehtiyotkor bo‘ling. Har bir gapiradigan gapingizni mulohaza qilib keyin tilga ko‘chiring. Baxtingizni bersin!

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
6 mart kuni to kechga qadar yoshi ulug‘ qarindoshlarning muammolarini bartaraf etish bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Yaqindagina tanlagani bilan munosabatlarga nuqta qo‘yganlar bugun rostakamiga yolg‘izlik neligini his etishga majbur bo‘lishadi. Tez fursatda yolg‘izlikka barham bermasangiz bo‘lmaydigan ko‘rinadi. Agar ruhiyatingiz tushib ketaversa, tavakkal ko‘chaga chiqing-da, sayr qiling, yorug‘ dunyoni tomosha qiling, chalg‘iysiz. Yoki do‘stlar bilan uchrashib, tog‘ yon bag‘irlariga dam olish uchun jo‘nab keting. Kechqurun oilangiz davrasida dam olishingiz tavsiya qilinadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun beixtiyor o‘zingizdan o‘zingiz shubhalana boshlashingiz kutilayotganini bashorat qilishmoqda. Ayniqsa, ishxonadagi rahbarlar bosim o‘tkazib, sizga yoqmaydigan yumushlarga jalb eta boshlasa, o‘zingiz kim ekaningizni sira anglay olmay qiynalishingiz mumkin. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Lekin sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etilmaydi. Jiddiy jarohat olishingiz xavfi bor. Hasadgo‘ylardan nariroq bo‘ling. Shunisi tinchroq. Kunni yaxshi o‘tkazing!

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
6 mart kuni nuqul oldinga talpinasiz, talpinaverasiz. Hoziringizni esa unutib qo‘yaverasiz. To‘xtamasangiz bo‘lmaydi. O‘zligingizni yo‘qotishingiz ehtimoli bor. Shaxsiy hayotingiz jannatdagidek totli kechadi. Siz totli tuyg‘ular asiriga aylanasiz. Lekin juftingizning ko‘ngli baribir to‘la qolmaydi. Ko‘p vaqtingizni ishga sarflab qo‘yayotganingiz jahlini chiqara boshlashi mumkin. Kechqurun maktabda birga o‘qigan do‘stlardan biri mehmonga taklif etishi kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugungi kuningiz hiyla og‘ir kechish ehtimoli bor. Bunga o‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usidan sira voz kecha olmayotganingiz sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘p bor o‘zingizni o‘zingiz tahlil qilasiz, ruhiyatingizni kovlashtirib, tub sababni qidirasiz. Ammo hadeganda ishingiz o‘ngidan kela qolmaydi. Muhabbatda faqat o‘zingizni o‘ylash balosidan voz kechsangiz, omadingiz kelishi tayin. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishlari kutilmoqda. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘i kabi juda ehtiyot qiling. Xudo xayringizni bersin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
6 martda boshingizga qanday og‘ir kunlar tushishidan qat’i nazar o‘zingizni dunyo baribir go‘zal ekaniga ishontira boshlashingiz kerak. Kun davomida ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Bu professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda ko‘p narsalarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatda avval o‘ylab keyin so‘zlash qoidalariga amal qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?