Fotokollaj: “Xabar.uz”
Odamlarda bajarayotgan ish turiga qarab sarf etiladigan energiya miqdori o‘zgaradi. Sarflangan energiya bajariladigan ishning turiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bunday sarf etiladigan energiya miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega.
O‘tirib ishlaydigan kishilar, idora xizmatchilari, tikuvchilar, mexaniklar, o‘qituvchilar, vrachlar asosan aqliy mehnat bilan band kishilar bo‘lib, zo‘r mushaklar ishini talab qilmaydigan kasbdagi kishilar kiritiladi, ular bir kunda o‘rtacha 2600-2800 kkal energiya sarf etadilar. Erkaklar kuniga yoshiga qarab 2550-2800 kkal, ayollar 2200-2400 kkal sarflaydi va shuncha energiya qabul qilishi zarur.
Ammo aqliy mehnat sohiblari ovqatlanishdan olgan energiyani to‘liq sarf etmaydilar va bu kaloriya tanada ortiqcha yog‘ga aylanadi.
Ko‘pchiligimiz kun davomida 6-7 soat o‘tirishni taqozo qiladigan mehnat faoliyatiga bog‘lanib qolganmiz. Bu esa diabet, yurak xuruji, ortiqcha vazn kabi xastaliklarning sababchisiga aylanishi mumkin.
Jismoniy faoliyat jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalari ishda har soatda koridor bo‘ylab yurish, biror qavatdan boshqasiga ko‘tarilib-tushish tanaga hazmni yaxshilash, qon tarkibidagi qand miqdorini nazorat qilishga, tanadagi keraksiz kaloriyani yo‘qotishga ko‘maklashadi.
Pitsburg universiteti tomonidan tashkil etilgan “Jimoniy faoliyat hamda vaznni boshqarish” loyihasida 74 nafar 20-25 yoshlardagi o‘rtacha vaznli ko‘ngillilar ishtirok etishdi.
To‘rt guruhda bo‘lingan ishtirokchilarning 1-guruhi kun mobaynida kompyuter qarshisida 15 daqiqa o‘tiradigan va 15 daqiqa vaqtini yurib o‘tkazadigan idora xodimlari vazifasini bajarishdi. Boshqa guruh esa o‘tirgan holatda televizor ko‘rish bilan mashg‘ul bo‘lib, 15 daqiqadan so‘ng uyoqdan-buyoqqa yurgan bo‘lishdi. 3-guruh esa faqatgina 15 daqiqa o‘tirib, 15 daqiqa yurishdi. So‘nggi guruh ishtirokchilari esa 15 daqiqa mobaynida avval yurib, so‘ng o‘tirishdi.
Ko‘ngillilar tanadagi kaloriyani sarflash miqdorini o‘lchaydigan niqob taqib olishgani bois, jarayon aniq-tiniq kuzatuv ostida bordi. Natijalarga ko‘ra, ishda har 15 daqiqada oyoqda turib ishlaydiganlar boshqalarga qaraganda 2 marotaba ko‘proq, ya’ni 20 kkal.gacha kaloriyani yo‘qotganlar. Misol uchun, sutli va shakarli bir chashka qahvada 50 kkal kaloriya, bitta yirik tovuq tuxumida o‘rtacha 72-78 kilokaloriya, 1 dona hot-dogda 315 va gamburgerda 490 kilokaloriya energiya bor.
Misol uchun 150 kkal energiya yo‘qotish uchun 35 daqiqa yurish kerak bo‘ladi. Qolaversa, yugurish orqali 10 daqiqada 95 kilokaloriya, velosiped haydab 230 kilokaloriya yo‘qotish mumkin.
Ish jarayonida yurib, chigal yozish, zinalardan chiqib-tushish tik oyoqdagilar yo‘qotadigan energiyadan 3 karra ko‘proq energiya yo‘qotishga sabab bo‘lar ekan. Bunga odatlangan kishilar har soatda 130 kaloriya miqdorigacha energiyani yo‘qotishlari mumkin.
Agar siz ham aqliy mehnat qilsangiz, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va salomatlik uchun ishxona bo‘ylab tez-tez qisqa sayrlar qilishga odatlaning.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi