12:46 / 29.03.2018
23 048

Shaytonning vasvasasidan saqlaydigan kalima

Shaytonning vasvasasidan saqlaydigan kalima
Qachon Qur’on o‘qisang, Allohdan quvilgan shaytondan panoh so‘ragin.

Ya’ni «Avval «A’uuzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytib turib, keyin Qur’on qiroatini boshlagin». «A’uuzu billahi»ni aytish Qur’oni Karim tilovati uchun tilni poklaydi. Kishini Allohning Kitobi bo‘lmish Qur’oni Karimni o‘qishga tayyorlaydi. Shaytonning vasvasasidan saqlaydi. Butun vujudi va shuurini Alloh tomon buradi. Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz Qur’on o‘qishni boshlamoqchi bo‘lgan har bir insonga «A’uuzu billahi»ni aytish vojibligi hukmini chiqarganlar. Chunki Alloh shunga amr qilmoqda. Allohning amri har bir mo‘minga vojib. Uni qilmagan odam gunohkor bo‘ladi.

«Nahl» Albatta, iymon keltirganlarga va Robblariga tavakkul qilganlarga u(shayton)ning hukmronligi yo‘q.

Shayton qancha urinmasin, qancha vasvasa qilmasin, Allohga iymoni bor odamni yo‘ldan ura olmaydi. Chunki mo‘min odamning qalbi Allohga bog‘liq bo‘ladi. Allohga bog‘liq qalbga esa na vasvasa ta’sir qiladi va na g‘ulg‘ula tushadi. Allohgagina tavakkul qiladigan, faqat Ungagina suyanadigan mo‘minlar boshqa tomonga umuman qiyo boqmaydilar. Shuning uchun ham shayton mo‘minga va Allohga tavakkul qiluvchi shaxsga sultonini – hukmini o‘tkaza olmaydi.

«Nahl» Uning hukmronligi faqat uni do‘st tutadiganlarga va u sababli mushrik bo‘lganlarga, xolos.

Shaytonni o‘ziga valiy va do‘st etib olganlar bo‘lsa, albatta, shayton ularga ega bo‘lib, hukmronligini o‘tkazadi. Shuningdek, shayton sababli mushrik bo‘lganlar bo‘lsa, unga ibodat qilib, Allohga shirk keltirgan yoki shayton vasvasasiga uchrab, boshqa narsalarni Allohga sherik qilganlar bo‘lsa, ularga ham shayton o‘z hukmronligini o‘tkazadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
"Tafsiri Hilol" kitobidan.

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shaytonning vasvasasidan saqlaydigan kalima