Oliy o‘quv yurtlariga pul bilan kirish odati yo‘qotilmadi, superkontrakt qonuniylashtirildi — davlatga qo‘shimcha pul tusha boshladi.
Mashinaga shapka berish odati yo‘qotilmadi, narxi oshirildi — davlatga qo‘shimcha pul tusha boshladi.
Chiroyli raqamlarni sotib olish ham davlat nazoratiga o‘tkazildi — davlatga qo‘shimcha pul tusha boshladi.
Mening fikrimcha, to‘ylarni birxillashtirish/ixchamlashtirish kerak emas, buning iloji yo‘q, dabdabali to‘yga davlatning belgilagan solig‘ini solish kerak. To‘lashga qurbi yetadimi, qilaversin.
Oddiy ishchi Eshmat aka oyiga 1-1,5 mln topadi, oddiy VAZ moshinasi bor, arzon sigaret chekadi. Kamchiqim to‘yxonada yoki hovlisida 15-25 mln so‘mga to‘y qilmoqchi. Omadini bersin. Solik tulamaydi.
Katta tadbirkor Toshmat aka Eshmat aka topadigan pulni bir kunda topadi. Amakilari hokimiyatga, tog‘alari prokuraturaga chatishib ketgan. 50 dollarlik sigaret chekadi, 100 dollarlik konyak ichadi. Shu odam hech zamonda ixcham to‘y qilmaydi. 10ta limuzin, 20ta artist kelishi shart. Falon to‘yxonada bitta kishining o‘rni 50 dollar. Davlatning tegishini qo‘shsak — 60 dollar bo‘ladi. 300 nafar mehmon chaqirilgan bo‘lsa, davlatimiz 3 ming dollarga semiradi. Yomon pul emas.
Shukurjon Islomov
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi