18:25 / 28.04.2018
5 888

Er va psixolog o‘rtasidagi suhbat: Ayolim ishlamaydi

Er va psixolog o‘rtasidagi suhbat: Ayolim ishlamaydi
— Muammoingiz nima?
— Charchoq va og‘ir ish.

— Nima ish qilasiz?
— Bankda hisobchi.

— Ayolingiz nima ish qiladi?
— Ishlamaydi. Faqatgina uy bekasi.

— Kim ertalab sizni va farzandlaringizni uyg‘otib, barchangizga nonushta tayyorlaydi?
— Ayolim. Chunki, u ishlamaydi-da.

— Ayolingiz qachon uyg‘onadi va siz qachon uyg‘onasiz?
— Ayolim ertalab beshda, men yettida uyg‘onaman. Chunki, u bolalarni maktabga tayyorlab, bizga nonushta pishiradi.

— Bolalarni maktabga kim olib boradi?
— Ayolim. Chunki, u ishga bormaydi.

— Ayolingiz bolalarni maktabga olib borgandan keyin nima ish qiladi-yu, siz nima ish qilasiz?
— Uyga qaytib, tushlik tayyorlaydi, kiyimlarni yuvadi, uyni supuradi, farzandlarning qaytishini kutadi. Ishlamaydi-da, shuning uchun bu yumushlarni qiladi. Men esa, peshindan keyingi soat uchgacha ishxonada bo‘laman.

— Kechqurun ishdan qaytganingizda, nima qilasiz? Ayolingizchi?
— Mashaqqatli ish kunidan so‘ng ovqatlanib, biroz dam olaman. Ayolim bolalarimning uy vazifalarini qilishga qarashib yuboradi. Keyin choy damlab kelib, birga choy ichish uchun meni uyg‘otadi.

— Shundan keyin kechqurun siz nima qilasiz? Ayolingiz-chi?
— Gazeta o‘qiyman, televizor ko‘raman, yangiliklar bilan tanishaman, ayolim idishlarni yuvadi, uyni tozalaydi va bolalarimni uyquga hozirlaydi.

— Endi aytingchi, psixolog maslahatiga kim kelishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Ko‘proq kim dam olishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Erta tongdan to kechgacha tinmay mehnat qiladigan ojiza insonni “Ishlamaydi! Ishsiz!” deyishga uyalmaysizmi?! Ish soatisiz, maoshsiz, texnika xavfsizligisiz, qo‘lqopsiz, mukofot pulisiz, tashakkursiz ishlaydigan va bu bilan malollanmaydigan, shikoyat qilmaydigan, tashlab ketib qolmaydigan insonni «Ishlamaydi!

Ishsiz!» deyishga uyalmaysizmi?! Onalar, opalar, singillar, xotinlar, qizlar tinim bilishmaydi. Yana ularni “bekorchi” deyiladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Er va psixolog o‘rtasidagi suhbat: Ayolim ishlamaydi