16:33 / 04.05.2018
9 760

Ayolning rashki…

Ayolning rashki…
Bir kuni er ayoliga bir qizni sevib qolganini aytibdi. Shunda ayoli:
— Mayli, men roziman, o‘zim sovchilikka boraman va uning roziligini olaman, — debdi.

Eri bu gaplarni eshitib, hayron bo‘lib qolibdi. Keyin to‘y bo‘libdi. To‘y kuni ham haligi ayol chiroyli kiyinib, kulib, xizmat qilib yuraveribdi.

Eri shu kuni har yarim soatda xotinidan:
— Kuyyapsan, a, rashk qilyapsan, a? — deb, so‘rab turibdi.

Ayoli unga:
— Yo‘g‘-e, nega kuyaman, siz baxtli bo‘lsangiz bo‘ldi, deb javob qaytaraveribdi.

Xullas, to‘y tugabdi, er ayolining yoniga kelib, yana so‘rabdi:
— Kuyding, a?

Yana ayoli:
— Yo‘q, — deb javob beribdi.

Shunda eri:
— Men seni poyabzalingga mix qoqib qo‘ygandim, lekin sen shunchalik kuyib o‘rtandingki, shunchalik rashk qildingki, hattoki ertalabdan kechgacha ikkala oyog‘ingga sanchilgan mihni bilmading, debdi.

Ayol shu zahoti oyoqlariga qarabdi, uning ikkala oyoqlari ham qip-qizil qonga bo‘yalib qolgandi…

Ayolga BAXT bering, SAODAT bering,
Demang, yuribdi-ku kulib-jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin…
Dunyoni olishi mumkin jilmayib…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayolning rashki…