
Savol:
Assalomu alaykum. Gunohkor mo‘minlar do‘zaxda abadiy qoladimi?
Javob:
Gunohkor mo‘minlar do‘zaxda abadiy qolmasliklari haqida dalillar juda ko‘pdir. Bu to‘g‘ridagi aqidaning ma’nosi shudir. Ammo abadiy qolish haqidagi Alloh taoloning: “Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur” (“Niso” surasi, 91-) oyati karimasiga kelsak, bundan murod uzoq do‘zaxda qolishdir. Yoki ma’noni mufassirlar aytganidek, bu qotillikni halol sanaganga nisbatan ko‘chirsak bo‘ladi. Chunki joni muhofaza etilgan mo‘minning qonini qasddan halol sanash shubhasiz kufrdir, Alloh O‘zi saqlasin.
Alloh yanada bilguvchiroq.
Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar