Mutaxassislar saraton keltirib chiqara oladigan eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda iste’mol tovarlari va xizmatlari sifatini tekshirishga ixtisoslashgan Which britan jurnali yozmoqda.
Ichak va oshqozon saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshiruvchi mahsulot qayta ishlangan qizil go‘sht hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar nitrat va nitritlar yordamida mahsulotning saqlanish muddatini uzaytirish va uning ta’mini o‘zgartirishga harakat qiladilar. Nitrat va nitritlar esa kanserogenlar hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, kuniga bor-yo‘g‘i 50 gramm qayta ishlangan go‘shtning iste’mol qilinishi ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.
Yomon sifatli o‘simtalarning paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil – shakar iste’moli hisoblanadi. Olimlar shirinliklar va onkologiya o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsalar-da, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarning tez-tez iste’mol qilinishi ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi. U esa o‘z navbatida saraton rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, pestitsidlar, shirin ta’m beruvchilar va oziqaviy qo‘shimchalarning kanserogenligini isbotlashga barcha urinishlarga qaramay, buning isboti olinmagan.
Mutaxassislar saraton bilan kasallanish ehtimolini kamaytirish uchun superfudlar deb ataluvchi mahsulotlar: yashil choy, zarchava, anor, yog‘li baliq, qorag‘at, meva-sabzavotlar iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi